Ko‘p qavatli uylarni boshqarish organlarining elektron reyestri yuritiladi

Shuningdek, bu bo‘yicha so‘rovnomalar dam olish kunlaridan qat’iy nazar amalga oshiriladi

Ko‘p qavatli uylarni boshqarish organlarining elektron reyestri yuritiladi

Ko‘p qavatli uylarni boshqarish organlarining elektron reyestri yuritiladi. Bu haqida hukumat qarori tasdiqlandi

Unga ko‘ra, ko‘p qavatli uylarni boshqarish organlarining elektron reyestrini shakllantirish, yuritish va ko‘p qavatli uylarni boshqarish organlariga biriktirish bo‘yicha so‘rovnomalar Davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi. 

So‘rovnoma YaIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qat’i nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.

Talabgor yoki boshqarish organiga davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun BHMning 50% — 187,500 ming so‘m miqdorida uchun yig‘im undiriladi.

Elektron reyestrga kirish uchun quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

  • talabgorning ko‘p qavatli uyni boshqarish uchun mavjud ishchi-xizmatchilari hamda moddiy-texnik bazasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar pasportining tasdiqlangan nusxasi;
  • tasdiqlangan shtatlar jadvali;
  • tegishli malaka sertifikat.

Shuningdek, so‘rovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarda noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi, shuningdek, belgilangan yigimni to‘lamaslik davlat xizmatlarini ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi. 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yevroosiyo taraqqiyot banki Markaziy Osiyo uchun $600 mlndan ortiq investitsiya ajratgan
/
Yevroosiyo taraqqiyot banki Markaziy Osiyo uchun $600 mlndan ortiq investitsiya ajratgan
Bog‘chalarda yangi to‘lov miqdorlari tasdiqlandi
/
Bog‘chalarda yangi to‘lov miqdorlari tasdiqlandi
Raqobat qo‘mitasi “Hududgaz Surxondaryo” ga nisbatan ish qo‘zg‘atdi
/
Raqobat qo‘mitasi “Hududgaz Surxondaryo” ga nisbatan ish qo‘zg‘atdi