Yangi Chevrolet Damas Max va Damas Move modellari savdosi boshlandi

UzAuto Motors yangi modellar uchun shartnoma tuzish jarayoni start olganini e’lon qildi

Yangi Chevrolet Damas Max va Damas Move modellari savdosi boshlandi

“UzAuto Motors” AJ yangi Chevrolet Damas Max va Chevrolet Damas Move avtomobillarini sotib olish uchun shartnoma tuzish boshlanganini ma’lum qildi.

Kompaniya xabariga ko‘ra, ushbu modellarni xarid qilish bo‘yicha shartnomalarni UzAuto Motors’ning barcha rasmiy dilerlik markazlarida rasmiylashtirish mumkin. Qo‘shimcha ma’lumotlarni UzAuto Motors’ning +99878 141 7777 raqamli call-markazi hamda ushbu havola orqali olish mumkin.

Avvalroq “UzAuto Motors” 2025-yil oxirida Damas modellarining yangi variantlarini taqdim etgandi. Xususan, yangi Chevrolet Damas Move xaridorlarning talab va istaklariga javob tariqasida taqdim etildi, u qulaylik, sig‘imdorlik, xavfsizlik va funksionallik bo‘yicha zamonaviy talablarga to‘liq mos keladi.

Chevrolet Damas Max 650 kg gacha yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega bo‘lib, yukxonasida 3 m³ dan ortiq foydali joy taklif etadi.

Narxlar esa quyidagicha:

  • DAMAS MAX VAN 1.2 LV0 — 134 439 000 so‘m;
  • DAMAS MAX VAN 1.5 LV0 — 142 471 000 so‘m;
  • DAMAS MOVE PAS 1.2 LV0 — 139 675 000 so‘m;
  • DAMAS MOVE PAS 1.2 LV1 — 144 563 000 so‘m;
  • DAMAS MOVE PAS 1.5 LV0 — 149 011 000 so‘m;
  • DAMAS MOVE PAS 1.5 LV1 — 154 128 000 so‘m.

 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2026-yilda O‘zbekistonda $50 mlrd xorijiy investitsiya jalb qilish rejalashtirilmoqda
/
2026-yilda O‘zbekistonda $50 mlrd xorijiy investitsiya jalb qilish rejalashtirilmoqda
Raqobat qo‘mitasi Ramazon arafasida savdo tarmoqlarini narxlar barqarorligi bo‘yicha ogohlantirdi
/
Raqobat qo‘mitasi Ramazon arafasida savdo tarmoqlarini narxlar barqarorligi bo‘yicha ogohlantirdi
Yanvar oyida yangi yengil avtomobillar savdosi 7,2%ga oshdi
/
Yanvar oyida yangi yengil avtomobillar savdosi 7,2%ga oshdi