“Chevrolet Cobalt”ning yangi dizayni namoyish etildi

Birinchi bosqichda qoramtir tusdagi yoritish tizimi va g‘ildirak disklar bilan jihozlash amalga oshiriladi

“Chevrolet Cobalt”ning yangi dizayni namoyish etildi

“UzAuto Motors” kompaniyasi “Chevrolet Cobalt” avtomobillarini yangi koʻrinishda ishlab chiqarishni boshlashga qaror qildi. Bu haqda kompaniya rasmiy sahifasida e’lon qildi.

Konsepsiyaning birinchi bosqichida avtomobilni qoramtir tusdagi yoritish tizimi va g‘ildirak disklar bilan jihozlash amalga oshiriladi. Keyinchalik esa avtomobilning ichki dizaynini yangilash rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, “Chevrolet Cobalt Midnight” 106 ot kuchiga ega 1.5 litrli dvigatel va avtomatik uzatmalar qutisi bilan jihozlanadi.

Yaxshilangan tashqi ko‘rinishga ega avtomobil avvalgi “Cobalt” komplektatsiyasiga qo‘shimcha sifatida chiqariladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Ortiqxo‘jayev nazoratidagi kompaniya Alfraganus mehmonxonalar majmuasini sotib olmoqchi
/
Ortiqxo‘jayev nazoratidagi kompaniya Alfraganus mehmonxonalar majmuasini sotib olmoqchi
Jizzaxdagi 200 gektar maydonda alohida soliq va bojxona rejimi joriy qilinadi
/
Jizzaxdagi 200 gektar maydonda alohida soliq va bojxona rejimi joriy qilinadi
Toshkent — Parkent temiryo‘l liniyasi qurilishiga 535 mlrd so‘m yo‘naltirildi
/
Toshkent — Parkent temiryo‘l liniyasi qurilishiga 535 mlrd so‘m yo‘naltirildi