Apple 9-sentabr kuni yangi avlod iPhone modellarini taqdim etdi
iPhone narxlari modeliga qarab $799 dan boshlanishi ma’lum bo‘ldi

Bgun, 9-sentabr kuni Apple kompaniyasi yangilangan iPhone modellarini taqdim etdi. Kapital.uz nashri barcha modellarning to’liq ma’lumotlarini jamladi.
iPhone 17
iPhone 17 besh xil rangda taqdim etiladi: lavanda, tuman-ko‘k (mist blue), qora, oq va yorqin yashil (sage). Unda yangi “Ceramic Shield 2” himoya qoplamasi mavjud bo‘lib, avvalgi modellarga qaraganda uch baravar chidamli.
Avvalroq Apple oddiy iPhone va “Pro” modellarini farqlash uchun ProMotion funksiyasidan (ekran yangilanish tezligi, interfeysni silliq qiladi) foydalangan. Endi esa bu imkoniyat oddiy iPhone 17 da ham bor. Shuningdek, u 6,3 dyuymli ekran bilan chiqmoqda, lekin ramkalar kichraygani uchun telefonning umumiy hajmi iPhone 16 bilan bir xil qolgan.
iPhone Air – yangi dizayn
Apple kutilganidek mutlaqo yangi modelni ham taqdim etdi — iPhone Air. Bu iPhone X (2017-yil) dan keyin paydo bo‘lgan ilk yirik dizayn yangiligi hisoblanadi. Air 5,6 mm qalinlikda, kosmik darajadagi titan korpusli, ranglari: oq, oltin, qora va osmon-ko‘k. Unda yangi A19 Pro chipi ishlatiladi.
Apple uni: “Kelajakni qo‘lga sig‘dirish — kuchli, ammo shunchalik ingichka va yengilki, qo‘lda deyarli sezilmaydi”, deya ta’rifladi.
Kamera va sun’iy intellekt imkoniyatlari
-
iPhone foydalanuvchilari o‘tgan yili 500 mlrddan ortiq selfi olgani aytildi. Yangi modelda esa eng yirik old kamera sensori bor, u avvalgisidan deyarli ikki baravar katta.
-
iPhone 17 da 48 MP Dual Fusion kamera tizimi mavjud bo‘lib, iPhone 16 ga qaraganda 4 baravar yuqori aniqlik beradi.
iPhone 17 Pro va Pro Max modellari
- Old kamera: 18 MP Center Stage;
- Orqa kameralar: 48 MP (uchta modul);
- 4x (100 mm) va 8x (200 mm) zoom;
- Yaxshilangan stabilizatsiyali Tetra Prism telefoto tizimi.
Yangi A19 Pro chipi Air va Pro modellarga o‘rnatilgan. U:
- Matematik hisoblash tezligini ikki baravar oshiradi.
- GPU ichida maxsus “machine learning accelerators” joylashtirilgan.
- Qurilmalarda sun’iy intellekt modellarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qurilmada ishlatish imkonini beradi.
- Hisoblash quvvati o‘tgan yilgi iPhone’lardan uch baravar yuqori, hatto MacBook Pro darajasiga yaqinlashtirilgan.
iPhone 17 Pro korpusi endi alyuminiydan tayyorlanadi (avvalgi Pro modellarida titan va undan oldin zanglamaydigan po‘lat ishlatilgan).
iPhone Air ancha yupqa va yengil bo‘lsa ham, kompaniya ta’kidlashicha, “batareya bir kunlik foydalanishga yetadi”. iOS 26 esa foydalanuvchi odatlarini o‘rganib, energiyani tejashni yaxshilaydi.
Narxlar:
- iPhone 17: $799 dan boshlanadi;
- iPhone Air: $999 (iPhone 16 Plus o‘rniga);
- iPhone 17 Pro: $1099 (o‘tgan yilgi Pro $999 edi);
- iPhone 17 Pro Max: $1199.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ