Raqobat qo‘mitasi “Yandex Go”ni xizmatlar narxini pasaytirishga majbur qildi

Dekabr oyining birinchi o‘n kunida narxlar dinamikasi keskin o‘zgargani aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi “Yandex Go”ni xizmatlar narxini pasaytirishga majbur qildi

“YandexGo UB” MCHJ o‘z xizmatlarida narxlarni keskin oshirganligi sababli Raqobat qo‘mitasi tomonidan ogohlantirildi. 

Qo‘mita tomonidan “Yandex Go” platformasi monitoring qilinganda, dekabr oyining dastlabki 10 kunida narxlar dinamikasida keskin o‘zgarishlar aniqlangan. 

Qonunga asosan, ustun mavqega ega deb e’tirof etilgan xo‘jalik yurituvchi subyektining ustun mavqeini suiiste’mol qilish, xususan monopol yuqori narx belgilash taqiqlanadi.

Holat yuzasidan “YandexGo UB” MCHJni taksida yo‘lovchi tashish xizmatlari narxlarini pasaytirish bo‘yicha chora ko‘rish hamda platforma narx algoritmini qayta ko‘rib chiqishi bo‘yicha ogohlantirish bergan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Ortiqxo‘jayev nazoratidagi kompaniya Alfraganus mehmonxonalar majmuasini sotib olmoqchi
/
Ortiqxo‘jayev nazoratidagi kompaniya Alfraganus mehmonxonalar majmuasini sotib olmoqchi
Jizzaxdagi 200 gektar maydonda alohida soliq va bojxona rejimi joriy qilinadi
/
Jizzaxdagi 200 gektar maydonda alohida soliq va bojxona rejimi joriy qilinadi
Toshkent — Parkent temiryo‘l liniyasi qurilishiga 535 mlrd so‘m yo‘naltirildi
/
Toshkent — Parkent temiryo‘l liniyasi qurilishiga 535 mlrd so‘m yo‘naltirildi