ILMA “Asterium” kompaniyasiga kripto-bozor faoliyati uchun litsenziya berdi

Bu bilan O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi kripto-do‘konlar soni 11 taga yetdi

ILMA “Asterium” kompaniyasiga kripto-bozor faoliyati uchun litsenziya berdi

12-mart kuni Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan “Asterium” kompaniyasiga kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyati uchun litsenziya berildi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, agentlik direktorining joriy yilning 11-fevralidagi tegishli buyrug‘i bilan kompaniya O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi o‘n birinchi kripto-do‘konga aylandi.

Tegishli ma’lumotlar litsenziyalarning elektron reyestriga belgilangan tartibda kiritilgan.

Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat reestri ma’lumotlariga ko‘ra, “Asterium” joriy yilning 30-yanvar kuni Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida tashkil etilgan.

Kompaniya axborot texnologiyalari va kompyuter tizimlari sohasidagi boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanadi. Ustav fondi 30 mlrd so‘mni tashkil etadi.

Shu bilan birga, “Asterium” ning 100% ulushiga Maxmudov Sanjar Yuldashevich egalik qiladi. Uning rahbari Sultonov Komilxo‘ja Abdukarim o‘g‘li hisoblanadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkent–Chorvoq pulli yo‘li 3 yilda quriladi
/
Toshkent–Chorvoq pulli yo‘li 3 yilda quriladi
Payme aktivlarining bir qismini TBC Tech’ga o‘tkazadi
/
Payme aktivlarining bir qismini TBC Tech’ga o‘tkazadi
Mart oyining ikkinchi yarmidan tabiiy gaz uchun yangi bazaviy me’yor amal qiladi
/
Mart oyining ikkinchi yarmidan tabiiy gaz uchun yangi bazaviy me’yor amal qiladi