O‘zbekistonda 300 mingga yaqin yakka tartibdagi tadbirkor faoliyat yuritmoqda

Yil boshidan buyon yangi ro’yxatdan o’tganlar soni 130,76 mingga yetdi

O‘zbekistonda 300 mingga yaqin yakka tartibdagi tadbirkor faoliyat yuritmoqda

2024-yil oktyabr oyi holatiga ko’ra O’zbekistonda faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar soni 297,2 mingni tashkil etdi. Bu haqda statistika agentligi xabar berdi.

Yil boshidan buyon yangi ro’yxatdan o’tganlar soni esa 130,76 mingga yetdi.

Shundan qat’iy miqdorda daromad solig‘i to‘lovchilar 84,4 %ni, aylanmadan olinadigan soliq to’lovchilar 14,8%ni hamda qoshilgan qiymat solig’i va foyda solig’ini to’lovchilar 0,8 %ni tashkil qilgan.

Shuningdek, faoliyat olib boruvchilarning 56,3%ini erkaklar va 43,75%ini ayollar tashkil etadi. Sohalar kesimida eng yuqori ko’rsatkich chakana savdoda qayd etildi — 137,45 ming. Hunarmandchilik sohasida 25 mingga yaqin, maishiy xizmat ko’rsatishda 33 mingdan ortiq va boshqa sohlarda 100 mingdan ko’p tadbirkorlar bor.

Hududlar kesimida eng yuqori natija Toshkent shahrida (38 mingdan ortiq) kuzatilgan. Eng quyi natija esa Navoiy viloyati (7,5 mingga yaqin)ga to’g’ri kelmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O’zbekistonga to’qqiz oy ichida qancha sayyoh kelgani ma’lum bo’ldi
/
O’zbekistonga to’qqiz oy ichida qancha sayyoh kelgani ma’lum bo’ldi
Yevropa Markaziy banki bitkoinga boykot e’lon qilishga chaqirmoqda
/
Yevropa Markaziy banki bitkoinga boykot e’lon qilishga chaqirmoqda
O’zbekistonda dollar kursi yana ko’tarila boshladi
/
O’zbekistonda dollar kursi yana ko’tarila boshladi