O‘zbekistonning yalpi ichki mahsuloti ilk marta $145 mlrddan oshdi

Shuningdek, iqtisodiyotimizga jalb qilingan xorijiy investitsiyalar hajmi $43,1 mlrdga yetdi

O‘zbekistonning yalpi ichki mahsuloti ilk marta $145 mlrddan oshdi

Prezident Mirziyoyevning ayni vaqtda Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasi bo’lib o’tmoqda. Unda mamlakat YaIM ilk marta $145 mlrddan oshganini ma’lum qildi.

Global savdo tizimida “o‘yin qoidalari” o‘zgarayotgan bir paytda joriy yil eksportimiz 23% ga oshib, $33,4 mlrdga yetkazilishi ta’kidlandi. Eng muhimi, oltin-valyuta zaxiralarimiz ilk bor $60 mlrddan oshdi.

Bu yil iqtisodiyotimizga jalb qilingan xorijiy investitsiyalar hajmi $43,1 mlrdga yetdi. Jami investitsiyalarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 31,9% ni tashkil etmoqda.

Prezident, shuningdek, yetakchi xalqaro reyting agentliklari, xususan, Fitch va S&P O‘zbekistonning suveren reytingini “BB-”dan “BB” pogʻonasiga koʻtarganini e’tirof etdi.

Bu gaplar koʻpchilikka oddiy bir fakt boʻlib tuyulishi mumkin. Lekin, iqtisodchilar, investor va bankirlar gap naqadar katta natijalar haqida borayotganini juda yaxshi tushunib turibdi. Birgina ana shu oʻzgarish tufayli chetdan jalb qilinadigan resurslarning foiz stavkasi 1-1,5 punktga pasayib, tashqi qarz xarajati yiliga $250-$300 mlnga kamayadi, — deya ta’kidladi prezident Shavkat Mirziyoyev.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi yil boshidagi 8,9% dan 5,8% ga tushdi — Prezident
/
O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi yil boshidagi 8,9% dan 5,8% ga tushdi — Prezident
2025-yilning 11 oyida O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi 273 trln so‘mdan oshdi
/
2025-yilning 11 oyida O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi 273 trln so‘mdan oshdi
Toshkentda pullik avtoturargohlar uchun rezidentlik ruxsatnomalari joriy etiladi
/
Toshkentda pullik avtoturargohlar uchun rezidentlik ruxsatnomalari joriy etiladi