Yagona texnikumlar tarmog’i tashkil etiladi

Ularga direktorlar ochiq tanlov asosida tanlanadi

Yagona texnikumlar tarmog’i tashkil etiladi

“Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to’g’risida”gi prezident farmoni qabul qilindi

Farmonga ko’ra, kasbiy ta’limning barcha darajalari bo’yicha kadrlar tayyorlaydigan yagona texnikumlar tarmog’i tashkil etiladi.

Unda xalqaro va milliy standartlar asosida, malaka va kompetensiyalar bo’yicha qisqa muddatli o’quv kurslar yo’lga qo’yiladi.

Ushbu dastur bo’yicha kadrlarni tayyorlash 9-sinfni tamomlagan o’quvchilarga davlat granti asosida, o’rta va o’rta maxsus kasbiy ta’lim esa davlat granti va to’lov-kontrakt shaklida amalga oshiriladi.

Shuningdek, o’rta maxsus kasbiy ta’lim dasturi bitiruvchilarining o’rtacha GPA ballariga qarab, bakalavriantning tegishli bosqichidan o’qishni davom ettirishlari mumkin bo’ladi.

Shu bilan birga, 2025-yil 1-yanvardan texnikumlarning direktor va direktor o’rinbosari lavozimlariga talabgorlarni ochiq tanlov asosida tanlash tartibi joriy qilinadi.

Bundan tashqari, 2025 yilning 1-yanvaridan boshlab maktablardagi milliy sertifikatga ega o’zbek tili o’qituvchilariga 50% miqdorida ustama to’lanadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O’zbekistonga to’qqiz oy ichida qancha sayyoh kelgani ma’lum bo’ldi
/
O’zbekistonga to’qqiz oy ichida qancha sayyoh kelgani ma’lum bo’ldi
O‘zbekistonda 300 mingga yaqin yakka tartibdagi tadbirkor faoliyat yuritmoqda
/
O‘zbekistonda 300 mingga yaqin yakka tartibdagi tadbirkor faoliyat yuritmoqda
Yevropa Markaziy banki bitkoinga boykot e’lon qilishga chaqirmoqda
/
Yevropa Markaziy banki bitkoinga boykot e’lon qilishga chaqirmoqda