O‘zbekistonda byudjet taqchilligi qisqarganiga qaramay davlat xarajatlari yuqori darajada qolmoqda — XVF

Fond kelgusi yillarda mamlakatning barqaror iqtisodiy o‘sishi 5,8-5,9% darajasida davom etishini tahmin qilmoqda

O‘zbekistonda byudjet taqchilligi qisqarganiga qaramay davlat xarajatlari yuqori darajada qolmoqda — XVF

O‘zbekiston iqtisodiyoti tashqi noaniqlikning kuchayishiga qaramay barqaror o‘sishni saqlab qolmoqda, deyiladi Xalqaro valyuta jamg‘armasi bayonotida.

Jamg‘arma ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda mamlakat yalpi ichki mahsulotining real o‘sishi yuqori ichki talab tufayli 6,5% ga yetdi. 

Pul o‘tkazmalarining ko‘payishi, xomashyo tovarlari narxlarining yuqoriligi, xomashyo bo‘lmagan eksportning o‘sishi va importning bosqichma-bosqich kamayishi hisobiga tashqi joriy operatsiyalar hisobi taqchilligi 2,6% punktiga — YAIMning 5% igacha qisqardi. Xalqaro zaxiralar yetarli darajada saqlanib qolmoqda.

2024-yilda konsolidatsiyalashgan davlat budjeti taqchilligi 1,7% punktga kamayib, yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3,2% ni tashkil etdi, bu esa XVJ hisob-kitoblariga ko‘ra, asosan energetika sektoridagi subsidiyalarning qisqarishi va ijtimoiy xarajatlarning manzilliligi oshganini aks ettiradi.

Shu bilan birga, oltin narxining oshishi ushbu soliqni qaytarishning yuqori darajasi tufayli QQS tushumlarining kamayishini qopladi.

Davlat byudjeti taqchilligi qisqarganiga qaramay (ya’ni hukumat ichki talabni «sovitish» va inflyatsiyani pasaytirish uchun kamroq xarajat qilishga harakat qildi), nafaqat markaziy byudjet, balki davlat korxonalari xarajatlarini ham hisobga olsak, davlat sektoridagi xarajatlar baribir oshdi.

Bundan tashqari, tashqi qarzlar ko‘paydi — mamlakat chet eldan belgilangan limitdan ko‘proq qarz oldi, bu esa davlat tuzilmalariga taqchillikning rasman qisqarishiga qaramay, ko‘proq mablag‘ sarflash imkonini berdi.

Rasman byudjet taqchilligi qisqartirilgan bo‘lsa-da, davlat korxonalari qarzlari va xarajatlarining o‘sishi hisobiga davlat xarajatlarining umumiy darajasi yuqoriligicha qoldi. Bu esa iqtisodiyotni sovitish samarasini susaytirdi.

Erishilgan yutuqlarga qaramay, inflyatsiya yuqoriligicha qolmoqda va 2025-yil mart oyida yillik hisobda 10,3% ni tashkil etdi. Bu o‘tgan yili energiya tariflari va tartibga solinadigan narxlarning oshishi bilan bog‘liq.

2025−2026-yillar uchun prognoz

XVJning asosiy ssenariysiga ko‘ra, tashqi noaniqlik kuchayishiga qaramay, barqaror iqtisodiy o‘sish 2025-yilda 5,9% va 2026-yilda 5,8% darajasida saqlanib qolishi kutilmoqda.

E’lon qilingan global tariflarning oshishi noaniqlikning kuchayishiga va global moliyaviy sharoitlarning keskinlashishiga olib keldi, bu esa tashqi talab, xomashyo narxlari va moliyaviy oqimlar orqali O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Iqtisodiyotning o‘sishi xususiy iste’mol, investitsiyalar va tarkibiy islohotlarni davom ettirish hisobiga ta’minlanadi.

2025-yilda joriy operatsiyalar hisobi taqchilligi yalpi ichki mahsulotning 5% i darajasida qolishi kutilmoqda. Oltin eksportining o‘sishi va davlat sektorining konsolidatsiyasi savdo hamkorlarida o‘sishning sekinlashishi tufayli oltin bilan bog‘liq bo‘lmagan tovarlar eksportining pasayishini qoplashi kerak.

Prognozlarga ko‘ra, 2025-yil oxiriga kelib inflyatsiya 8% dan biroz yuqori darajagacha pasayadi va yanada sekinlashishda davom etadi.

Xavf va imkoniyatlar

XVJning ta’kidlashicha, tashqi noaniqlikning kuchayishi ham xavf, ham imkoniyat yaratadi.

Asosiy tashqi xatarlarga jahon savdo siyosatidagi o‘zgarishlar, Ukrainadagi urush oqibatlari, tashqi moliyalashtirish sharoitlarining yomonlashuvi va xomashyo narxlarining o‘zgaruvchanligi kiradi.

Ichki xatarlarga byudjet taqchilligining oshishi, qarz olishning ko‘payishi, bank sektorining zaiflashishi va davlat korxonalari, davlat banklari va DXSH loyihalarining shartli majburiyatlari kiradi.

Potensial imkoniyatlar orasida jamg‘arma missiyasi tarkibiy islohotlarni jadallashtirish, investitsiyalar oqimi va pul o‘tkazmalarini ko‘paytirish, shuningdek, oltin narxining oshishini ta’kidlaydi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston rossiyaliklar may bayramlarini o‘tkazishni istaydigan eng yaxshi davlatlar qatoriga kirdi
/
O‘zbekiston rossiyaliklar may bayramlarini o‘tkazishni istaydigan eng yaxshi davlatlar qatoriga kirdi
BAA O‘zbekiston bilan vizasiz rejimni qayta ko‘rib chiqishi mumkin
/
BAA O‘zbekiston bilan vizasiz rejimni qayta ko‘rib chiqishi mumkin
O‘zbekistonda yevro va iyenadan tashqari barcha xorijiy valyutalar qimmatlashdi
/
O‘zbekistonda yevro va iyenadan tashqari barcha xorijiy valyutalar qimmatlashdi