XVJ: O’zbekistonda 2024-yilda YaIMning 6,25%gacha va 2025-yilda 6,1%gacha qisqarishi kutilmoqda

Bu eksport va pul o'tkazmalarining katta hajmlariga bog’liq

XVJ: O’zbekistonda 2024-yilda YaIMning 6,25%gacha va 2025-yilda 6,1%gacha qisqarishi kutilmoqda

O’zbekistonda XVJ prognozlariga ko’ra, real YaIMning o’sish sur’ati yuqori bo’lib qolishi va kelgusi yilda 5,5%dan oshishi kutilmoqda. Bu haqda XVJ ma’lum qildi.

Joriy yilning 16-24 sentyabr kunlari Yasir Abdih boshchiligidagi XVJ xodimlari O’zbekiston rasmiy organlari bilan uchrashuvlar o’tkazdi va hozirgi iqtisodiy vaziyatni muhokama qildi.

Unga ko’ra, CPI inflyatsiyasi zarur qattiq pul-kredit va soliq-byudjet choralari hamda energiya narxining oshishi yumshatilgani sababli sekin-asta pasayadi. Ushbu hisob taqchilligi 2024-yilda YaIMning 6,25%gacha va 2025-yilda 6,1%gacha qisqarishi kutilmoqda.  Bu esa qisman kuchli eksport va pul o’tkazmalari hamda import qilinadigan mashina va uskunalarni bir martalik yirik xaridlardan voz kechishi bilan bog’liq.

Shuningdek, prognozning salbiy tavakkalchiliklar qatoriga mintaqaviy geo-iqtisodiy muammolar, tovarlar narxining o’zgaruvchanligi, jahon iqtisodiyotidagi kutilmagan global pasayish va davlat korxonalari, davlat-xususiy sheriklik(DXSh) bilan bog’liq shartli majburiyatlarni amalga oshirilishi kiradi. Oltin narxining oshishi, moliyaviy oqimlar va pul o’tkazmalarining ortishi yangi imkoniyatlar yaratadi.

Prognozga ko’ra, 2024-2025-yillar uchun konsolidatsiyalangan byudjet taqchilligi kutilmoqda. Bunga davlat xarajatlarini ratsionalizatsiya qilish, ijtimoiy xarajatlarni maqsadli yo’naltirish va yo’naltirilgan kreditlashni qisqartirish natijasida erishish mumkin. 

Shuningdek XVF O’zbekistonning JSTga a’zolik yo’lidagi natijalarini qayd etdi. Hukumat 33ta a’zoning 18tasi bilan bozorga kirish bo’yicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi va hozirda JST standardlariga asosan qoidalarni moslashtirmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

OTB O’zbekiston va Tojikiston ortasidagi elektr uzatish liniyasini qurish uchun $15 ming ajratadi
/
OTB O’zbekiston va Tojikiston ortasidagi elektr uzatish liniyasini qurish uchun $15 ming ajratadi
Bu yil aholiga salkam 12 trln so’m ipoteka krediti ajratilgan
/
Bu yil aholiga salkam 12 trln so’m ipoteka krediti ajratilgan
“Rolf” Markaziy Osiyo bozoriga kirishni rejalashrirmoqda
/
“Rolf” Markaziy Osiyo bozoriga kirishni rejalashrirmoqda