29.4.2025 | 18:37
Oʻzbekistonda elektron xizmatlar koʻrsatuvchi xorijiy kompaniyalar 36 mlrd soʻmdan ortiq soliq toʻlagan
Qiymatning 94,5% ulushi Meta va Google qatorida jami 10 ta xorijiy kompaniyalar hissasiga to‘g‘ri keladi

Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
Soliq Qo’mitasi xabariga ko’ra, O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 68 ta xorijiy kompaniya tomonidan 2025-yilning I choragida 36,2 mlrd soʻm soliq toʻlangan. Bu 2024-yilning mos davriga nisbatan 1,5 barobar ko‘p.
To’langan soliqlarning 94,5% qismi elektron xizmatlar koʻrsatuvchi quyidagi 10 ta xorijiy kompaniyalar hissasiga to‘g‘ri keladi:
- Apple — 10,6 mlrd so‘m;
- Meta — 10,5 mlrd so‘m;
- Google — 8,9 mlrd so‘m;
- OpenAI — 1,1 mlrd so‘m;
- TikTok — 934,8 mln so‘m;
- Vooking.som — 542,7 mln so‘m;
- Netflix — 467,6 mln so‘m;
- Zoom — 432,6 mln so‘m;
- Acca — 427 mln so‘m;
- Xsolla — 235,6 mln so‘m.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ