O’zbekistonda qancha xorijiy kompaniyalar borligi aniqlandi

Respublikada eng ko'p Rossiya va Xitoy kapitali bo'lgan korxonalar faoliyat ko'rsatmoqda

O’zbekistonda qancha xorijiy kompaniyalar borligi aniqlandi

2024 yil 1-aprel holatiga ko’ra O’zbekistonda 14,2 mingta xorijiy investitsiya ishtirok etgan korxona va tashkilotlar faoliyat ko’rsatmoqda. Bu haqda statistika agentligi xabar bermoqda.

Xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning umumiy sonidan 4,5 mingtasi qo’shma korxonalar, 9,6 mingtasi esa xorijiy korxonalardir.

O’zbekistonda bunday faol kompaniyalarning eng ko’p soni quyidagi mamlakatlarga tegishli:

  • Rossiya — 3 019 ta korxona
  • Xitoy — 2 501 ta korxona
  • Turkiya — 1 886 ta korxona
  • Qozog’iston — 1 102 ta korxona
  • Janubiy Koreya — 727 ta korxona
  • AQSh — 311 ta korxona
  • Tojikiston — 307 ta korxona
  • Qirg’iziston — 280 ta korxona
  • Ozarbayjon — 236 ta korxona
  • Germaniya — 220 ta korxona
  • Turkmaniston —  187 ta korxona

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda 1-noyabrdan isitish va issiq suv tariflarini 30% ga oshirish taklif qilinmoqda
/
O‘zbekistonda 1-noyabrdan isitish va issiq suv tariflarini 30% ga oshirish taklif qilinmoqda
O‘zbekistonda xalqaro kuryerlik jo‘natmalari uchun bojxona yig‘imi 20% ga kamaytiriladi
/
O‘zbekistonda xalqaro kuryerlik jo‘natmalari uchun bojxona yig‘imi 20% ga kamaytiriladi
Urganchdagi UzXCMG zavodining 49,07% davlat ulushi auksionga qo‘yildi
/
Urganchdagi UzXCMG zavodining 49,07% davlat ulushi auksionga qo‘yildi