Joriy yilning to’qqiz oyida xorijiy investitsiya va kreditlar hajmi 1,6 baravarga oshgan
Asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi esa 343,1 trln so‘mga yetgan
Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
2024-yilning yanvar-sentyabr oylarida hududlarda asosiy kapitalga investitsiyalar hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb qilish samaradorligini aniqlandi. Bu haqda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti tahlillarini e’lon qildi.
Tahlilga ko’ra, shu davrlarda respublika bo‘yicha asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi 343,1 trln so‘mga yetgan. Bu 2023-yilning shu davriga nisbatan 1,3 barobarga oshgan. Xorijiy investitsiya va kreditlar hajmi ham 1,6 barobarga oshib, 233 trln so‘mga yetgan.
Dastlabki 9 oy ma’lumotlari asosida hisoblangan IPI indeksiga ko‘ra, aksariyat hududlarda asosiy kapitalga investitsiyalar bo‘yicha me’yor ko‘rsatkichga qaraganda yuqori qiymatlar saqlanib qolgan.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar bo‘yicha Buxoro va Namangan viloyatlarida me’yordagidan ancha yuqori natijalar kuzatilgan. Andijon va Navoiy viloyatlarida me’yor ko‘rsatkichiga yaqin qiymat qayd etildi. Toshkent shahrida indeks 1 dan ancha past bo‘lgan.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ