O‘zbekistondagi xorijiy fuqarolarga viza muddatini onlayn uzaytirish imkoniyati yaratildi

Endilikda arizalar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali topshiriladi va 15 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi

O‘zbekistondagi xorijiy fuqarolarga viza muddatini onlayn uzaytirish imkoniyati yaratildi

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida O‘zbekistonda bo‘lib turish uchun vizalar muddatini uzaytirish funksiyasi paydo bo‘ldi. Bu haqda portal matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekistonda vaqtincha bo‘lib turgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar my.gov.uz portali orqali viza muddatini uzaytirish uchun arizalarni onlayn topshirishi mumkin. Buning uchun my.gov.uz‘da ro‘yxatdan o‘tib, qidiruv orqali “O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha bo‘lib turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun viza muddatini uzaytirish” xizmatini tanlash lozim.

Ariza beruvchi kerakli ma’lumotlarni to‘ldirib, viza muddatini uzaytirish uchun asos hujjat va milliy pasport (harakatlanish hujjati) nusxasini ilova qilishi kerak. Agar ariza ishonchli shaxs yoki yaqin qarindosh (O‘zbekiston fuqarosi) tomonidan topshirilsa, qo‘shimcha ravishda notarial tasdiqlangan ishonchnoma ham ilova qilinishi shart. Arizani amaldagi viza muddati tugashiga kamida o‘n kun qolganda topshirish zarur.

Arizalar 15 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi. Vakolatli organ arizani ko‘rib chiqish natijasiga ko‘ra ariza beruvchiga davlat boji to‘lov summasini yuboradi yoki kamchiliklar aniqlanganda rad javobini taqdim etadi.

Davlat boji to‘langandan so‘ng, ariza beruvchi 3 ish kuni mobaynida milliy pasportni vakolatli organga taqdim etadi. Organ 2 ish kuni ichida pasportga tegishli ruxsatnoma (stiker)ni yopishtiradi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Oʻzbekistonda oltin quymalari narxi rekordni qayta yangiladi
/
Oʻzbekistonda oltin quymalari narxi rekordni qayta yangiladi
O‘zbekistonda kiberjinoyatlar soni so‘nggi besh yil ichida 68 baravarga oshgan
/
O‘zbekistonda kiberjinoyatlar soni so‘nggi besh yil ichida 68 baravarga oshgan
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar qimmatlashdi
/
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar qimmatlashdi