Xorijiy bozorga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lgan startap loyihalarga 2 mlrd so‘mgacha mablag‘ ajratiladi

Bunga Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg’armasi mas’ul etib belgilandi

Xorijiy bozorga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lgan startap loyihalarga 2 mlrd so‘mgacha mablag‘ ajratiladi

Avval xabar berilganidek, “Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. 

Unga ko‘ra, inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturini muvaffaqiyatli yakunlagan hamda startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun o‘tkazilgan nufuzli tanlovlarda g‘olib (sovrindor) bo‘lgan startap loyihalarga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha venchur jamg‘arma tomonidan 2 mlrd so‘mgacha investisiya mablag‘lari ularning ustav fondiga ulush sifatida kiritish orqali ajratiladi. 

Xususan, 

  • Istiqbolda muvaffaqiyatga erishish salohiyati yuqori bo‘lgan namunaviy modelni ishlab chiqish jarayonidagi startap loyihaga — 500 mln so‘mgacha;
  • O‘zbekiston bozorida muvaffaqiyatli joriy qilingan startap loyihaga — 1 mlrd so‘mgacha;
  • xorijiy bozorga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lgan startap loyihaga — 2 mlrd so‘mgacha;

Jamg‘arma tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan biznes loyihalarning rivojlanishiga ko‘maklashish uchun shaxsan mas’ul etib belgilanadi. 

Har chorakda yuqori qo‘shilgan qiymat yaratuvchi biznes loyihalarni moliyalashtirish uchun Jamg‘armaga takliflar kiritib boradi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
/
2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
/
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi
/
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi