Kelasi yilda Xorazmga $1,5 mlrdlik investitsiya jalb etiladi

G’azovot va Polvon kanallari atrofida $50 mlnlik loyihalar yo’lga qo’yiladi

Kelasi yilda Xorazmga $1,5 mlrdlik investitsiya jalb etiladi

Prezident tomonidan Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish bo’lib o’tdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko’ra, viloyatga kelgusi yil $1,5 mlrd investitsiyalarni jalb etish rejalashtirilgan. Jumladan, Qo‘shko‘pir tumanida 175 gektar yer sanoat zonasiga qo‘shib berilsa, $1 mlrdlik loyihalarga yo‘l ochiladi. U yerda elektrotexnika, kimyo, mashinasozlik va farmatsevtika yo‘nalishida 2 mingta ish o‘rni yaratiladi.

Shuningdek, Shovot kanalining himoya zonasi 50 metrdan 25 metrga qisqartirilsa, $30 mlnlik loyihalarni joylashtirish mumkin bo‘ladi. U yerda 1 trln so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilib, 2,5 mingta yangi ish o‘rni ochiladi. G‘azovot va Polvon kanallari atrofida ham $50 mlnlik loyihalar uchun imkoniyat bor.

Yangiariqda suv ta’minotini yaxshilab, poliz, sholi va baliq yetishtirish hisobidan 1,2 ming kishini ishli qilish mumkin.

Viloyatda sifatli ta’limni ta’minlash uchun 44ta maktab va bog‘chani ta’mirlash, davlat-xususiy sheriklik asosida yangilarini qurish rejalashtirilgan. Shuningdek, Urganch, Bog‘ot, Shovot va Yangibozor tumanida ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari tashkil etish mo‘ljallangan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentda “Eksimbank“ning mintaqaviy vakolatxonasi ochildi
/
Toshkentda “Eksimbank“ning mintaqaviy vakolatxonasi ochildi
“Yangihayot” texnoparkida $385 mlndan ortiq loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan
/
“Yangihayot” texnoparkida $385 mlndan ortiq loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan
Andijon viloyatida $210 mlnlik ikkita zavod qurilishi boshlandi
/
Andijon viloyatida $210 mlnlik ikkita zavod qurilishi boshlandi