Jahon banki Xorazm viloyatida yangi quyosh elektr stansiyasi qurilishiga $3,5 mln ajratdi

Stansiyaning ishga tushirilishi 2025-yilning noyabr oyiga mo‘ljallangan

Jahon banki Xorazm viloyatida yangi quyosh elektr stansiyasi qurilishiga $3,5 mln ajratdi

Xorazm viloyatida yangi quyosh elektr stansiyasi qurilishiga Jahon banki bank kafolati shaklida $3,5 mln ajratdi.
Mablag‘ “O‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlari” AJning Xorazmdagi 100 MVt quvvatli quyosh stansiyasidan elektr energiya sotib olish majburiyatlarini bajarishga yo‘naltiriladi.

Stansiyaning ishga tushirilishi 2025-yilning noyabr oyiga mo‘ljallangan. U 177 gektar maydonda joylashib, har yili 240 GVVt soatdan ortiq qayta tiklanadigan energiya ishlab chiqaradi. Stansiya 230 ming tonnadan ortiq karbonat angidrid gazining havoga chiqishini kamaytirish va taxminan 60 ming xonadonni toza energiya bilan ta’minlash imkonini beradi.

Jahon banki vakili Tatyana Proskuryakovaning so‘zlariga ko‘ra, Jahon banki O‘zbekistonni energetika ehtiyojlarini qondirish va qayta tiklanadigan energiya manbalari ulushini 2030-yilgacha 25 GVtga yetkazishda qo‘llab-quvvatlamoqda. Xorazm viloyatidagi quyosh elektr stansiyasi uchun ajratilgan moliyaviy kafolat yangi xususiy investorlarni jalb qilishga xizmat qiladi va mamlakatga sezilarli foyda keltiradi.

Mazkur loyiha “Voltalia” kompaniyasi (Fransiya) ning “Sarimay Foreign Enterprise” MChJ sho‘ba korxonasi tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu kompaniya obyektni loyihalashtirish, moliyalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilish ishlarini bajaradi. Ishga tushgandan so‘ng, “Sarimay Foreign Enterprise” MChJ ishlab chiqarilgan elektr energiyani «O‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlari» AJga sotadi. Bu shartnoma 25 yil davomida amal qiladi.

Jahon bankining $3,5 mln miqdoridagi kafolati bilan birgalikda $80 mln miqdorida qo‘shimcha kapital investitsiyalar, jumladan, Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankidan (EBRD) $54 mln jalb qilindi.

2020-yildan beri Jahon banki va Xalqaro moliyaviy korporatsiya (IFC) O‘zbekistonda quyidagi qayta tiklanadigan energiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlab kelmoqda:

  • Navoiy viloyatidagi quvvati 100 MVt bo‘lgan birinchi quyosh elektr stansiyasi (2021-yilda ishga tushirilgan);
  • Samarqand va Jizzax viloyatlaridagi quvvati 440 MVt bo‘lgan quyosh elektr stansiyalari (2024-yilda ishga tushirilgan);
  • Navoiy viloyatidagi quvvati 500 MVt bo‘lgan birinchi shamol elektr stansiyasi (2024-yilda ishga tushirilgan);
  • Buxoro viloyatidagi 250 MVt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasi va 63 MVt/126 MVt·soat energiya saqlash tizimi (qurilish bosqichida).

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Telegram so‘nggi uch yil ichida birinchi marta daromadga chiqdi
/
Telegram so‘nggi uch yil ichida birinchi marta daromadga chiqdi
“Toshkentdonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatining aksiyalari savdoga chiqarildi
/
“Toshkentdonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatining aksiyalari savdoga chiqarildi
O’zbekistonda dollar kursi ketma-ket uchinchi kun o’sib bormoqda
/
O’zbekistonda dollar kursi ketma-ket uchinchi kun o’sib bormoqda