Xorazm viloyatida arzon minivenlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Korxonani modernizatsiya qilish uchun $100 mln yo‘naltirish rejalashtirilgan

Xorazm viloyatida arzon minivenlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Tuproqqal’a tumanidagi “Damas” avtozavodi negizida 7 o‘rinli arzon avtomobil ishlab chiqarish loyihasi boshlanadi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Korxonani modernizatsiya qilish uchun $100 mln yo‘naltirish rejalashtirilgan. Prezident yil yakuniga qadar salohiyatli hamkorlar bilan muzokaralarni yakunlash bo‘yicha topshiriq berdi. Yirik uzelli yig‘ish usuli bilan ishlab chiqarishni kelasi yildayoq boshlash rejalashtirilmoqda.

2027-yilga borib zavod ishlab chiqarishning to‘liq sikliga o‘tishi, mahalliylashtirish darajasi esa 50 foizgacha o‘sishi kerak. Avtomobil Yevro-5 standartiga javob beradi va shu bilan birga arzon narx segmentida qoladi. Brend nomi va loyihaning boshqa tafsilotlari hozircha oshkor etilmagan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda eksportchilar uchun “100 mahsulot akseleratori” dasturi ishga tushirildi
/
O‘zbekistonda eksportchilar uchun “100 mahsulot akseleratori” dasturi ishga tushirildi
Senat bank kartalarini firibgarlardan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
/
Senat bank kartalarini firibgarlardan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
Sud mashhur brendlar nomi ostida kiyim ishlab chiqargan kompaniyalarni jarimaga tortdi
/
Sud mashhur brendlar nomi ostida kiyim ishlab chiqargan kompaniyalarni jarimaga tortdi