Xorazm viloyatida $25 mlnlik baliqchilik klasteri tashkil etilishi rejalashtirilgan
Investor sifatida Eronning «Beyza Feed Mill» kompaniyasi ishtirok etdi

Фото: Dunyo
Xorazm viloyatida $25 mlnlik baliqchilik klasteri tashkil etilishi rejalashtirilgan
Investor sifatida Eronning «Beyza Feed Mill» kompaniyasi ishtirok etdi
Eronning «Beyza Feed Mill» kompaniyasi Xorazm viloyatida baliqchilik klasterini tashkil etish bo’yicha investitsiya loyihasini amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar bermoqda.
O’zbekiston elchisi Fariddin Nasriyev Eron baliqchilik sanoatiga ixtisoslashgan «Beyza Feed Mill» (BFM Group) boshqaruvi raisi Amir Abudi bilan uchrashdi.
Nasriyev eronlik tadbirkorga O’zbekistonda baliqchilik xo’jaligini tashkil etish bo’yicha investitsiya loyihasini amalga oshirishni taklif qildi.
Uchrashuv yakunida Xorazm viloyatida $25 mlnlik baliqchilik klasterini tashkil etish bo’yicha loyihani amalga oshirish bo’yicha kelishuvga erishildi.
Suhbat davomida kompaniya rahbari uning faoliyati to’g’risida ma’lumot berdi va kompaniyaning Sheroz shahrida joylashgan zavodi baliq uchun ozuqa, tayyor baliq mahsulotlari va yarim tayyor mahsulotlar, shu jumladan ikra ishlab chiqarishini ta’kidladi.
14-21 aprel kunlari eronlik investor loyiha bo’yicha batafsil muzokaralar o’tkazish uchun Xorazm viloyatiga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ