Xivadagi 2,4 ming gektar maydonda “Sahro yulduzi” turistik kompleksi bunyod etiladi

Obyekt qurilishi 2025-yil boshlanib, bunga Bosh vazir Abdulla Aripov mas’ul bo‘ladi

Xivadagi 2,4 ming gektar maydonda “Sahro yulduzi” turistik kompleksi bunyod etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev payshanba kuni Xorazm viloyatiga tashrifi chog‘ida “Arda Xiva” sayyohlik majmuasining ochilish marosimida ishtirok etdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident ochilish marosimidagi nutqida Xiva tumanida “Sahro yulduzi” turistik kompleksi bunyod etilishini ma’lum qildi. Buning uchun Xiva tumanidagi 2,4 ming gektar yerni Xiva shahriga o‘tkaziladi. Hududda mehmonxonalar, ko‘ngilochar markazlar, gastronomik va savdo ko‘chalari, muzeylar, ekouylar, yozgi lager, ekstremal turizm obyektlari barpo etiladi.

Kompleks qurilishi bo‘yicha ishlarni shu yildan kechiktirmasdan boshlaymiz. Bosh vazir Abdulla Aripov bunga bosh-qosh bo‘ladi, — dedi prezident. 

Shuningdek, Tuproqqal’ada cho‘l hududidagi 5 ming gektar yerda safari va ov turizmi rivojlantiriladi. Urganch shahri, Shovot, Qo‘shko‘pir, Xiva va Hazoraspdan oqib o‘tadigan G‘azovot, Polvon, Shovot kanallari bo‘ylarida $50 mlnlik 80 ta xizmat ko‘rsatish, savdo-ko‘ngilochar obyektlari ishga tushiriladi. Bog‘ot, Gurlan, Yangibozor va Urganch tumanida turizm qishloqlari tashkil etiladi.

Shuningdek, Ma’mun akademiyasi binosi oldidagi 2 gektar bog‘ “Buyuk allomalar” nomli ochiq osmon ostidagi “smart” muzeyga aylantiriladi. 

Prezident Mirziyoyev, shuningdek, 30-aprel kuni Urganch shahrida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi yangi universitet va IT maktabini tashkil etish bo‘yicha alohida qarorni imzolagan edi. 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“O‘zbekneftgaz” obligatsiyalarning eng yirik emissiyasi bilan bozorga kirdi
/
“O‘zbekneftgaz” obligatsiyalarning eng yirik emissiyasi bilan bozorga kirdi
Xorazm viloyatida arzon minivenlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi
/
Xorazm viloyatida arzon minivenlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonda dollar kursi to‘rt kunlik pasayishdan so‘ng oshdi
/
O‘zbekistonda dollar kursi to‘rt kunlik pasayishdan so‘ng oshdi