AQSH Xitoyga nisbatan 100% li qo‘shimcha boj joriy etmoqda

Bu qaror Xitoyning 1-noyabrdan boshlab deyarli barcha ishlab chiqarilgan mahsulotlarga eksport cheklovlari kiritishiga javoban qabul qilindi

AQSH Xitoyga nisbatan 100% li qo‘shimcha boj joriy etmoqda

AQSh prezidenti Donald Tramp 1-noyabrdan boshlab Qo‘shma Shtatlar Xitoyga nisbatan amaldagi bojlardan tashqari 100% li bojlar joriy etishini ma’lum qildi. Bu haqda u o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.

2025-yil 1-noyabrdan boshlab (yoki undan oldinroq, Xitoy tomonidan amalga oshirilgan har qanday keyingi harakatlar yoki o‘zgarishlarga qarab) AQSh Xitoyga hozirda to‘layotgan har qanday tarifdan tashqari 100% li eksport bojini joriy qiladi, — deyiladi postda.

Bundan tashqari, 1-noyabrdan AQSh o‘ta muhim dasturiy ta’minotga nisbatan eksport nazoratini joriy qiladi.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, bu Xitoyning 1-noyabrdan boshlab “deyarli barcha ishlab chiqarilgan mahsulotlarga” keng ko‘lamli eksport cheklovlarini joriy etish qaroriga javob bo‘ladi.

Bu istisnosiz barcha mamlakatlarni qamrab oladi va, shubhasiz, ular tomonidan ko‘p yillar oldin ishlab chiqilgan reja hisoblanadi. Bunday holat xalqaro savdoda mutlaqo kuzatilmagan va boshqa davlatlar bilan munosabatlarda ma’naviy kamsitish hisoblanadi, — deb yozdi AQSh prezidenti.

Tramp, shuningdek, 2025-yil 31-oktabrdan 1-noyabrgacha bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan Janubiy Koreyadagi OTIHT (Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik tashkiloti) sammitida XXR raisi Si Szinpin bilan uchrashish istiqbolini shubha ostiga qo‘ydi. Keyinchalik u uni bekor qilmaganini aytdi va uchrashuv baribir sodir bo‘lishini taxmin qildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“O‘zbekiston pochtasi” xususiylashtirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi
/
“O‘zbekiston pochtasi” xususiylashtirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi
“Yerusti halqa yo‘li” metrosi ishga tushish sanasi qayta uzaytirildi
/
“Yerusti halqa yo‘li” metrosi ishga tushish sanasi qayta uzaytirildi
Fermerlar faoliyatiga aralashuv uchun javobgarlik kuchaytiriladi
/
Fermerlar faoliyatiga aralashuv uchun javobgarlik kuchaytiriladi