Xitoy AQShdan keladigan tovarlarga 34%lik bojlarni joriy etdi

Tartib Amerikaga javob sifatida 10-apreldan kuchga kiradi

Xitoy AQShdan keladigan tovarlarga 34%lik bojlarni joriy etdi

Xitoy hukumati AQShdan keladigan tovarlarga 34% miqdorida qo‘shimcha bojlar joriy etishga qaror qildi, deb xabar bermoqda The Global Times.

Vazirlik ma’lum qilishicha, bu Vashington tomonidan avvalroq e’lon qilingan choralarga javoban kiritilgan «qarshi bojlar»dir.

Xitoy ommaviy axborot vositalari xabar berishicha, ushbu choralar 10-apreldan boshlab kuchga kiradi.

Shuningdek, Xitoy Savdo vazirligi yuqori texnologiyali mahsulotlar, xususan kompyuter chiplari ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan yetti turdagi kamyob yer metallari uchun eksport nazorati choralarini joriy etishini ma’lum qildi. Jumladan, gap gadoliniy va ittriy haqida bormoqda.

Shu bilan birga, Pekin AQSHning bojxona to‘lovlari sababli Jahon savdo tashkiloti (JST) nizolarni hal qilish mexanizmi doirasida da’vo kiritganini ma’lum qildi.

AQSH prezidenti Donald Tramp 2-aprel kuni mamlakatning xorijiy savdo hamkorlariga nisbatan «o‘zaro» bojxona to‘lovlarini joriy etishini e’lon qildi. Bojxona to‘lovlarining minimal bazaviy darajasi 10% ni tashkil etadi, biroq ayrim mamlakatlar uchun to‘lovlar Qo‘shma Shtatlarning ushbu davlatlar bilan savdo taqchilligiga qarab alohida hisoblanadi. Masalan, Xitoy uchun bojxona to‘lovlari 34%, Yevropa Ittifoqi uchun 20%, Yaponiya uchun esa 24% ni tashkil etadi.

AQSH hukumati, xususan, O‘zbekistonga ham 10% lik boj joriy qilgan. Ammo 185 ta davlat qatoriga Rossiya kiritilmagan

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Prezident O‘zbekistonning YeOTBga a’zo bo‘lishi haqidagi hujjatni imzoladi
/
Prezident O‘zbekistonning YeOTBga a’zo bo‘lishi haqidagi hujjatni imzoladi
Uzum Bank Litva kompaniyasi bilan bankomatlar yetkazib berish bo‘yicha $20 mlnlik shartnoma imzoladi
/
Uzum Bank Litva kompaniyasi bilan bankomatlar yetkazib berish bo‘yicha $20 mlnlik shartnoma imzoladi
Abdulahad Qo‘chqorov IT Park Uzbekistan’ning yangi direktori etib tayinlandi
/
Abdulahad Qo‘chqorov IT Park Uzbekistan’ning yangi direktori etib tayinlandi