O‘zbekiston va Xitoy yo‘l infratuzilmasini raqamlashtirishda hamkorlik qiladi

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi delegatsiyasi bu bo‘yicha hamkorlik bitimi imzoladi

O‘zbekiston va Xitoy yo‘l infratuzilmasini raqamlashtirishda hamkorlik qiladi

O‘zbekiston Xitoy bilan yo‘l sohasidagi standartlarning yagona tizimini yaratish va innovatsiya yo‘nalishini raqamlashtirish bo‘yicha hamkorlik qiladi, deb xabar qilmoqda Transport vazirligi.

O‘zbekiston avtomobil yo‘llari qo‘mitasi delegatsiyasi Tyanszin shahridagi shahar muhandislik, loyihalash va tadqiqot instituti rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi. Xitoyning eng yirik sinov laboratoriyasiga tashrif davomida tomonlar yo‘l sohasidagi innovatsion materiallarni birgalikda yaratish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi.

Muzokaralar yakunida O‘zbekistonda ilk bor xorijiy rivojlangan davlat bilan yo‘l sohasida yagona standartlar tizimini yaratish, innovatsion materiallar ishlab chiqish va raqamlashtirish yo‘nalishlarida amaliy ishlar boshlash bo‘yicha hamkorlik bitimi imzolandi.

Qayd etilishicha, amaliyotda birinchi marta yo‘l sohasida zamonaviy innovatsion materiallarni ishlab chiqish, yagona standartlar tizimini yaratish va raqamlashtirish bo‘yicha ishlar boshlanadi.

 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Mubadala va TAQA Tolimarjon IESning 80% ulushini sotib oldi
/
Mubadala va TAQA Tolimarjon IESning 80% ulushini sotib oldi
O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi qariyb 75 trln so‘mga yetdi
/
O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi qariyb 75 trln so‘mga yetdi
YouTube orqali o‘zbekistonliklar yiliga $50 mln daromad topishi mumkin — ITIM
/
YouTube orqali o‘zbekistonliklar yiliga $50 mln daromad topishi mumkin — ITIM