Xitoy O’zbekistonga $180 mlndan ortiq 38 ta lokomotivni taqdim etadi
Shuningdek, mamlakat 12 ta elektrovozni modernizatsiya qilishga yordam beradi

Фото: Пресс-служба президента
Xitoy 38 ta lokomotivni yetkazib berishni va 12 ta elektrovozni $181 mlnga modernizatsiya qilishni ta’minlaydi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shuningdek, sanoatni rivojlantirish jamg’armasidan yangi vagonlar ishlab chiqarish uchun $50 mln ajratiladi.
O’tgan yili Qoraqalpog’iston saylovchilari bilan uchrashuvda prezident Toshkentdan Nukusgacha tezyurar poyezdning ishga tushirilishini e’lon qildi. Buning uchun Janubiy Koreyaning “Hyundai Rotem” kompaniyasining 6 ta zamonaviy elektr poyezdlarini sotib olish rejalashtirilgan.
Hozirgi vaqtda 465 kilometr uzunlikdagi “Buxoro — Urganch — Xiva” temir yo’l liniyasi elektrlashtirilmoqda, uni yil oxirigacha yakunlash rejalashtirilgan. Kelgusi yillarda 196 kilometrlik “Miskin — Nukus” liniyasi ham elektrlashtiriladi, bu esa sayohat vaqtini 16 soatdan 7 soatgacha qisqartiradi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ