Wildberries’da o‘zbek mahsulotlari savdosi $605 mlnga yetdi

Kompaniya O‘zbekistonda 11 mlrd rubl qiymatidagi yirik logistika markazi qurishni rejalashtirmoqda

Wildberries’da o‘zbek mahsulotlari savdosi $605 mlnga yetdi

2024-yilda Wildberries platformasida mahalliy mahsulotlar savdosi $605 mlnni tashkil etdi. Bu ma’lumotlar O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning Plenar yig‘ilishida e’lon qilindi.

O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, Wildberries orqali o‘zbek mahsulotlari savdosi $605 mlnga yetdi. Ikki davlat o‘rtasidagi savdo hajmi ijobiy sur’atda o‘smoqda — 2024-yilda ko‘rsatkich 5%dan ko‘proq oshib, $10 mlrddan oshdi.

Joriy yilning 9 oyi yakunida eksport va importning muvozanatli o‘sishi hisobiga savdo hajmi yana 8%ga ko‘paydi. Yil yakunida esa bu ko‘rsatkichni $12 mlrdga yetkazish rejalashtirilmoqda. Hozirda qo‘shma loyihalar portfeli $55 mlrdga baholanmoqda.

Rossiya Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Denis Manturovning ma’lum qilishicha, Rossiya O‘zbekistonga energiya resurslarini yetkazib bermoqda, geologik izlanishlar va qazib olish loyihalarida ishtirok etmoqda, shuningdek, gidroenergetika bo‘yicha tashabbuslarni ham ko‘rib chiqmoqda. Aviatsiya, avtomobil va temiryo‘l orqali yuk oqimlarini oshirish bo‘yicha ham ishlar olib borilmoqda.

Manturovning ta’kidlashicha, Wildberries O‘zbekistonda maydoni 100 ming kv.m bo‘lgan yirik logistika markazi qurmoqchi. Loyihaga kiritiladigan investitsiyalar 11 mlrd rublni tashkil etadi, natijada taxminan 7,5 mingta ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda tabiiy gaz savdosi hamda metall parchalari bilan bog‘liq faoliyat litsenziyalanadi
/
O‘zbekistonda tabiiy gaz savdosi hamda metall parchalari bilan bog‘liq faoliyat litsenziyalanadi
Toshkent Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz shahar deb topildi
/
Toshkent Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz shahar deb topildi
O‘zbekiston moliya sektori 2027-yilgacha Bazel III standartlariga o‘tkaziladi
/
O‘zbekiston moliya sektori 2027-yilgacha Bazel III standartlariga o‘tkaziladi