“Wildberries” “Wibes” domenini ro’yxatdan o’tkazdi

Domen 9-oktyabr kuni Rossiyaning “Ru-center” markazida roʻyxatdan oʻtkazildi

“Wildberries” “Wibes” domenini ro’yxatdan o’tkazdi

“Wildberries” va “Russ” birlashgan kompaniyasining yangi domen nomlarini ro’yxatdan o’tkazish rebrending bilan bog’liq emasligi, kompaniya yaqin kelajakda ishlab chiqilayotgan mahsulotlardan birini ushbu nomda ishlatmoqchi ekanligini aytgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

“Whois+” domen nomlarini tekshirish xizmati maʼlumotlariga koʻra, “Wildberries” va “Russ” birlashgan kompaniyasi “Wibes.ru” domenini 9-oktyabr kuni Rossiyaning “Ru-center” markazida roʻyxatdan oʻtkazgan.

“Domenlarni ro‘yxatdan o‘tkazish rebrending bilan bog‘liq emas, kelajakda kompaniya tomonidan ishlab chiqilayotgan mahsulotlardan birida domen nomlari qo‘llanilishi mumkin”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.

“Kapital.uz” avvalroq kompaniya yangi buyurtma berish punktlarini ishga tushirish uchun subsidiyalar ajrata boshlagani haqda yozgandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda $5 mingdan ortiq aktivga ega investorlar xorijiy aksiyalarni sotib olishi mumkin bo‘ladi
/
O‘zbekistonda $5 mingdan ortiq aktivga ega investorlar xorijiy aksiyalarni sotib olishi mumkin bo‘ladi
Microsoft servislarida global uzilish yuz berdi
/
Microsoft servislarida global uzilish yuz berdi
O‘zbekistonning 2025-yildagi YIM hajmi qayta hisob-kitoblardan so‘ng $169 mlrdga yetdi
/
O‘zbekistonning 2025-yildagi YIM hajmi qayta hisob-kitoblardan so‘ng $169 mlrdga yetdi