Way II investorlariga 2025-yil yakunlari bo‘yicha dividendlar to‘lab berildi

10-mart kuni Way II kompaniyasi tomonidan investorlar uchun yillik 15,3% USD dividendlar to‘lovi amalga oshirildi

Way II investorlariga 2025-yil yakunlari bo‘yicha dividendlar to‘lab berildi

Way II bir necha investitsiya bosqichlarini muvaffaqiyatli yakunlab, investorlar tomonidan bildirilayotgan yuqori ishonchni yana bir bor namoyon etdi. Har yili kompaniyaga qiziqish ortib bormoqda va bugungi kunga kelib investorlar soni 700 nafardan oshdi.

Bugungi kunga qadar jalb qilingan investitsiyalarning umumiy hajmi 171 083 591 377 so‘mni tashkil etadi.

Dividend daromadliligi ham barqaror o‘sishni ko‘rsatmoqda: avvalgi davr yakuniga ko‘ra — 13,6%, 2025-yil yakuni bo’yicha 15,3%ga yetdi.

Tasdiqlangan jadval asosida dividendlarning muntazam to‘lanib borilishi kompaniyaning moliyaviy modeli barqarorligini, investor kapitalining ishonchli himoyasi va real daromad ta’minlanishini ko‘rsatadi.

Investorlar uchun raqamli yechimlar

Investitsiyalarni boshqarishni yanada qulaylashtirish maqsadida kompaniya Way Invest mobil ilovasini joriy etgan. Ilova orqali investorlar:

  • hisoblangan dividendlar miqdori bilan tanishish;
  • mablag‘larni milliy valyutadagi debet kartasiga chiqarish;
  • olingan dividendlarni qayta investitsiya qilish orqali kapitalni yanada oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Raqamli infratuzilma investitsiyalarni dunyoning istalgan nuqtasidan nazorat qilish, moliyaviy operatsiyalarning shaffofligi va tezkorligini ta’minlaydi.

Kompaniya haqida

Way II yuqori daromadlilikka ega va ishonchli moliyaviy yechimlarni taklif etadi. Buni kompaniya faoliyatining amaliy natijalari tasdiqlab kelmoqda. Kompaniya mamlakatdagi yirik sanoat loyihalaridan biri — Akfa Aluminium’ga sarmoya kiritgan investorlar uchun dividendlarni barqaror va o‘z vaqtida to‘lab kelmoqda.

Way II investitsiya paketlari yiliga 10–15% daromadlilikni (AQSh dollari ekvivalenti asosida) nazarda tutadi. Dividendlar yiliga ikki marta to‘lanadi, bu esa investorlar uchun moliyaviy tushumlarning barqaror va oldindan rejalashtirilgan bo‘lishini ta’minlaydi.

Shuningdek, kompaniya faoliyati va mahsulotlari Islomiy moliya tamoyillariga mos keladi. Bu holat Islamic Finance Consulting Board (IFCB) tomonidan tasdiqlangan.

Muhim eslatma:

Investitsiyalar yuqori darajadagi xavf bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin va ayrim holatlarda kiritilgan mablag‘larning qisman yoki to‘liq yo‘qotilishiga olib kelishi ehtimoli mavjud. Investitsiya qarorini qabul qilishda ehtimoliy risklarni hisobga olish zarur. Hisob-kitoblar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi asosida milliy valyutada amalga oshiriladi.

Manzil: Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasi, 2/1

Telefon: +998 (78)−555−55−55

Sayt: wayll.uz

Facebook: @Way ll Group

Instagram: @way_ll_group

Telegram: @wayllgroup

LinkedIn: @wayllgroup

YouTube: @Way_ll_Group

Twitter: @way_ll_group

Reklama huquqlari asosida

 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Temir yo‘l tizimida korrupsiyaga qarshi profilaktik tadbirlar o‘tkazildi
/
Temir yo‘l tizimida korrupsiyaga qarshi profilaktik tadbirlar o‘tkazildi
Soʻzlardan harakatlar tomon: CDTI va Uzcard maxsus narxda “Qulay terminal” dasturini ishga tushirdi 
/
Soʻzlardan harakatlar tomon: CDTI va Uzcard maxsus narxda “Qulay terminal” dasturini ishga tushirdi 
O‘zbekiston avtomobil biznesi assotsiatsiyasi UzCars.uz saytini 2025-yilning eng yaxshi avtomobil ommaviy axborot vositasi deb topdi
/
O‘zbekiston avtomobil biznesi assotsiatsiyasi UzCars.uz saytini 2025-yilning eng yaxshi avtomobil ommaviy axborot vositasi deb topdi