Vodiydagi gaz quyish shoxobchalari faoliyati 2 kunga to‘xtatiladi

Bu vaqtda “Ohangaron — Pungon” magistral gaz quvuriga yangi quvur ulanadi

Vodiydagi gaz quyish shoxobchalari faoliyati 2 kunga  to‘xtatiladi

Farg‘ona vodiysining tog‘li hududidagi yangi magistral gaz quvurini tarmoqqa ulash uchun 5−6-sentabr kunlari Andijon, Namangan va Farg‘ona hududlaridagi gaz zapravkalarga gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi, deya xabar bermoqda Energetika vazirligi.

Qayd etilishicha, vodiy viloyatlari iste’molchilarini tabiiy gaz bilan ta’minlovchi “Ohangaron — Pungon” magistral gaz quvurining tog‘li hududdan o‘tuvchi qismida qariyb 22 km qo‘shimcha quvur qurilishi yakuniga yetkazildi.

Ushbu yangi quvurni tarmoqqa ulash bo‘yicha montaj ishlari olib borilishi munosabati bilan 5-sentabr kuni soat 12:00 dan boshlab 36 soat davomida “Ohangaron — Pungon” quvuri orqali tabiiy gaz uzatish vaqtincha to‘xtatiladi.

Ta’mirlash ishlari vaqtida (5−6-sentabr kunlari) Farg‘ona vodiysi viloyatlaridagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari hamda yirik iste’molchilarning gaz ta’minotiga vaqtincha cheklov kiritiladi.

Vazirlikka ko‘ra, cheklov mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda amalga oshirilmoqda. Shuni hisobga olgan holda vodiy viloyatlari iste’molchilari uchun avtobenzin yoqilg‘isining sotuvga chiqarish hajmi oshiriladi.

Ushbu qurilish-montaj ishlari davomida aholi iste’molchilarini tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlash bo‘yicha barcha zaruriy choralar ko‘riladi, deyiladi Energetika vazirligi.

Shuningdek, vazirlik mazkur quvurning ishga tushirilishi vodiy viloyatlari iste’molchilarining tabiiy gaz ta’minoti ishonchliligini oshirishga xizmat qiladi. Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘ragan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Ilon Mask OpenAI va Microsoftdan $134 mlrdgacha tovon puli talab qilmoqda
/
Ilon Mask OpenAI va Microsoftdan $134 mlrdgacha tovon puli talab qilmoqda
Eng yirik soliq qarziga ega qurilish kompaniyalari ma’lum bo‘ldi
/
Eng yirik soliq qarziga ega qurilish kompaniyalari ma’lum bo‘ldi
Zomindagi dor yo‘li kompaniyasi 215 mlrd so‘mga sotildi
/
Zomindagi dor yo‘li kompaniyasi 215 mlrd so‘mga sotildi