1-iyundan O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida bojxona tartiblari soddalashtiriladi

Xususan, vakolatli iqtisodiy operatorlarga bojxona tekshiruvlari birinchi navbatda o‘tkaziladi

1-iyundan O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida bojxona tartiblari soddalashtiriladi

Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qilishicha, O‘zbekiston va Rossiya vakolatli iqtisodiy operator maqomiga ega kompaniyalar uchun bojxona tartib-qoidalarini soddalashtirmoqda.

2023-yil 6-oktyabrda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi hamda Rossiya Federal bojxona xizmati vakolatli iqtisodiy operatorlar (VIO) institutlarini o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi bitimni imzolangandi.

Bojxona qo‘mitasi aniqlik kiritishicha, ikki tomonlama bitim 1-iyundan kuchga kiradi.

Hujjat to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berishni amalga oshirishda VIO maqomiga ega bo‘lgan O‘zbekiston va Rossiya korxonalari uchun quyidagi soddalashtirishlarni nazarda tutadi:

  • bojxona operatsiyalarini birinchi navbatda bajarish;
  • bojxona ko‘rigi yoki tekshiruvini birinchi navbatda o‘tkazish;
  • xavflarni boshqarish tizimi talablari asosida belgilangan minimal hajmda hujjatli va amaliy bojxona nazoratini o‘tkazish.

2023-yil 31-oktabrda O‘zbekiston va Rossiya bojxona xizmatlari bojxona ma’lumotlarini almashish to‘g‘risidagi hujjatni imzoladi. Ushbu hujjat ikki davlatning vakolatli iqtisodiy operatorlari milliy reyestrlaridagi o‘zgarishlar haqida tezkor xabar berishni ta’minlashga qaratilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Mubadala va TAQA Tolimarjon IESning 80% ulushini sotib oldi
/
Mubadala va TAQA Tolimarjon IESning 80% ulushini sotib oldi
O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi qariyb 75 trln so‘mga yetdi
/
O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi qariyb 75 trln so‘mga yetdi
YouTube orqali o‘zbekistonliklar yiliga $50 mln daromad topishi mumkin — ITIM
/
YouTube orqali o‘zbekistonliklar yiliga $50 mln daromad topishi mumkin — ITIM