Energetika vazirligi elektromobillarni zaryadlash stansiyalari o’chirilganligi haqidagi xabarlarni rad etdi
Hozirda mamlakatda elektr energiyasini ishlab chiqarish bilan bog'liq muammolar mavjud emas
Energetika vazirligi elektromobillar zaryadlash stansiyalari o’chirilganligi haqidagi xabarlar haqiqatga mos kelmasligini ma’lum qildi.
Bundan avval, ijtimoiy tarmoqlar va axborot saytlarida elektromobillarni quvvatlash stansiyalari hech qanday huquqiy asos ko‘rsatilmagan holda o‘chirib qo‘yilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Vazirlikning xabar berishicha, ayni paytda elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha hech qanday muammo yo‘q va ehtiyojni to‘liq qoplashga yetadi. Vazirlik tomonidan quvvatlash stansiyalarini tarmoqdan uzish bo‘yicha topshiriq berilmagan.
Shuningdek, Energetika vazirligi ekologiyamizni asrashga katta hissa qo‘shadigan elektromobillarni O‘zbekistonda ommalashtirish tarafdori ekanligini eslatib o’tgan.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ