Xorijdagi o’zbekistonliklarga Vatandosh ID kartasi joriy etiladi

Karta bilan O’zbekistonga vizasiz kirish va chiqish mumkin

Xorijdagi o’zbekistonliklarga Vatandosh ID kartasi joriy etiladi

20-noyabrda qabul qilingan prezident qarori bilan “Vatandosh” guvohnomasi va kartasini rasmiylashtirish, ularni berish hamda bekor qilish tartibi tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

«Vatandosh kartasi» guvohnoma asosida 5 yil muddatga (vatandosh milliy pasportining amal qilish sanasidan oshmagan holda) beriladi hamda O’zbekiston hududida belgilangan imtiyozlardan foydalanish huquqini beruvchi ID karta shaklida bo’ladi.

Kartaga ega vatandoshlarga quyidagi huquqlar beriladi:

  • O‘zbekiston hududiga vizasiz kirish va chiqish;
  • mamlakat hududida ko‘chmas mulk sotib olishda chet el fuqarolariga nisbatan belgilangan ko‘chmas mulk miqdorlari qo‘llanilmaydi va O‘zbekistonda yashash guvohnomasi talab qilinmaydi;
  • xorijiy fuqaroga beriladigan mehnat faoliyatiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarsiz mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish;
  • O‘zbekiston fuqarolari uchun belgilangan shartlarda tibbiy, ta’lim va boshqa davlat xizmatlaridan foydalanish.

Karta egalarining oila a’zolariga (ota-onasi, eri yoki xotini va voyaga yetmagan farzandlari) quyidagi imtiyozlar beriladi:

  • viza muddatini uzaytirishda O‘zbekiston hududidan chiqmasdan cheklanmagan miqdorda uzaytirish bilan davlat bojisiz ko‘p martalik viza olish;
  • O‘zbekiston fuqarolari uchun nazarda tutilgan shartlarda tibbiy, ta’lim va boshqa davlat xizmatlaridan foydalanish;
  • vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishni davlat boji undirilmasdan IIOlarda rasmiylashtirish va uzaytirish.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O’zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun pasayishda davom etmoqda
/
O’zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun pasayishda davom etmoqda
YTTB “TBC Uzbekistan”ga $10 mlngacha kredit ajratadi
/
YTTB “TBC Uzbekistan”ga $10 mlngacha kredit ajratadi
Toshkentda uy-joylarning investitsiyalar daromadliligi 12,2%gacha pasaydi
/
Toshkentda uy-joylarning investitsiyalar daromadliligi 12,2%gacha pasaydi