Uzum Bank mamlakat bo‘ylab bankomatlar tarmog‘ini kengaytirmoqda
Ayni vaqtda kompaniyaga tegishli 500 dan ortiq bankomat mavjud
Uzum Bank O‘zbekiston bo‘ylab o‘z bankomatlar tarmog‘ini kengaytirishda davom etmoqda. Bugungi kunda mamlakat bo‘ylab foydalanuvchilar uchun 500 dan ortiq bankomatlar mavjud. Ular supermarketlar, savdo va biznes markazlari, dorixonalar hamda boshqa qulay joylarda joylashgan.
Shuningdek, bankomatlar Uzum Market’ning ko‘plab buyurtma berish nuqtalarida mavjud bo‘lib, bu foydalanuvchilarga bir vaqtning o‘zida bir nechta vazifalarni hal qilish imkonini beradi: bank kartasini olish, buyurtmani olish va uni chegirma bilan karta orqali to‘lash, balansni to‘ldirish yoki naqd pul yechib olish. Bu moliyaviy xizmatlarni hatto kichik aholi punktlari va mamlakatning chekka hududlari aholisi uchun ham yanada arzon va qulay qiladi. Qulay va tushunarli infratuzilma foydalanuvchilarning fintex xizmatlariga bo‘lgan ishonchini oshiradi va naqd pulli to‘lovlardan raqamli to‘lovlarga o‘tishga yordam beradi – ham xususiy mijozlar, ham biznes uchun.
Biz uchun butun mamlakat bo‘ylab mijozlar uy va ofis yaqinida, universitet yoki bozorga ketayotganda bank xizmatlaridan oson va qulay foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi muhim. Biz infratuzilmani shunday rivojlantirmoqdamizki, kundalik moliyaviy operatsiyalar minimal vaqt va sa’y-harakat talab qilsin. Jumladan,Uzum Market bank kartasini eng yaqin buyurtma topshirish punktiga yetkazib berish xizmati mijozlarga bankning ish jadvaliga bog‘liq bo‘lmagan holda ish kunlari ham, dam olish kunlari ham o‘z kartalarini olish imkonini beradi, — deydi Uzum Bank Boshqaruvi raisi Svetlana Xe
Uzum Bank bankomatlari asosiy operatsiyalarni qo‘llab-quvvatlaydi: naqd pul yechib olish va kiritish, PIN-kodni o‘zgartirish va balansni tekshirish. Eng yaqin bankomatni Uzum Bank mobil ilovasidagi “Bankomatlar” bo‘limi orqali, shuningdek geoservislarda “Uzum Bank bankomati” so‘rovi orqali topish mumkin.
Yil oxirigacha Uzum Bank O‘zbekistonning millionlab aholisi uchun raqamli moliya vositalarini arzon va qulay qiladigan infratuzilmaga sarmoya kiritishni davom ettirgan holda, butun davlat bo‘ylab tarmog‘ini bir necha ming bankomatgacha kengaytirishni rejalashtirmoqda.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ