UZTELECOM O‘zbekiston bo‘ylab tarmoqni takomillashtirishni davom ettirmoqda
Kompaniya mobil aloqa sifatini yaxshilash va uzluksiz ma’lumot uzatishni ta’minlash imkonini beradigan ikkita muhim loyihani amalga oshirdi
Shu tariqa UZTELECOM kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylanayotgan sifatli xizmatlar va texnologiyalardan foydalanish imkonini ta’minlab, O‘zbekistonning barcha aholisi uchun raqamli imkoniyatlarni rivojlantirishda davom etmoqda.
Mobil tarmoq transformatsiyasi
Kompaniya rivojida o‘z mobil tarmog‘ining transformatsiyasi muhim bosqich bo‘ldi. Modernizatsiya mobil aloqa sifatini yaxshilash va butun mamlakat bo‘ylab foydalanuvchilarga yanada ishonchli va tezkor xizmatlar taqdim etish imkonini beradi. Loyiha yirik shaharlar va chekka hududlarni qamrab oldi, bu tarmoq qamrovini sezilarli kengaytirish, va hatto eng chekka hududlarda ham barqaror ulanishni ta’minlash imkoniyatini yaratdi. Infratuzilmaning yangilanishi chastota spektri refarmingi, beshinchi avlod (5G) tarmoqlarini joriy etish va abonentlar uchun keng imkoniyatlar ko‘lamini ochuvchi eng yangi texnologiyalar joriy etishni o‘z ichiga oldi.
Bugungi kunga kelib mobil tarmoqni modernizatsiyalash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar yakunlandi. Natijada O‘zbekistonning barcha viloyatlari markazida 5G joriy etildi. Endi yuqori tezlikdagi (10 Gbit/s) Internetdan butun respublika bo‘ylab foydalanish mumkin, bu O‘zbekistonni MDHdagi 5G qamroviga ega birinchi davlatga aylantiradi.
Tarmoq modernizatsiyasi – butun respublika bo‘ylab yuqori texnologik va hamyonbop mobil aloqani yaratish bo‘yicha uzoq muddatli strategiyaning bir qismidir. UZTELECOM bundan buyon ham abonentlarni ishonchli va zamonaviy aloqa bilan ta’minlash, ularga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilab borish maqsadida, eng yangi texnologiyalar tatbiqini davom ettirishni rejalashtirgan.
Internetga yuqori tezlikda ulanishni ta’minlash
Keng ko‘lamli modernizatsiya doirasida UZTELECOM o‘z infratuzilmasini Internetga yuqori tezlikda ulanish uchun GPON texnologiyalariga asoslangan zamonaviy optik tolali tarmoqlarga o‘tkazmoqda. GPON 1 Gbit/s va undan yuqori ulanish tezligini ta’minlab, qulay ishlash, o‘qish va dam olish uchun barqaror va ishonchli bog‘lanish imkonini beradi. Kompaniya abonentlarining 92 foizi allaqachon bu texnologiyaning afzalliklarini munosib baholay oldilar.
Kompaniyaning texnik jamoasi har kuni yuzlab kilometr optik tolali aloqa liniyalarini quradilar. Kompaniya magistral transport tarmog‘ining o‘tkazish qobiliyati 70 Tbit/s.ga yetdi, bu butun mamlakat bo‘ylab yuqori ulanish tezligi va aloqa sifatini ta’minlashga imkon bermoqda. Ushbu sa’y-harakatlar tufayli, O‘zbekiston aholi yashash punktlarining 96 foizi, jumladan eng chekka hududlar ham yuqori tezlikdagi Internetdan foydalanish imkoniga ega bo‘ladilar.
Abonentlar uchun ilg‘or kompleks xizmatlar
Kompaniya ilg‘or texnologiyalarni joriy etish tufayli o‘z xizmatlarini takomillashtirib, ularni mamlakatning barcha aholisi uchun hamyonbop va qulay qilishda davom etmoqda. Chunonchi, misol tariqasida aytsak, UZTELECOM qulay yechim – konvergent xizmatlarni joriy etdi: ular uy telefoniyasi, interaktiv televidenie, uy Interneti va mobil aloqani yagona paketga birlashtirish imkonini beradi. Abonentlar bitta shaxsiy hisob orqali barcha ulangan xizmatlarni boshqarishlari mumkin, bu jarayonni maksimal darajada sodda va qulay qiladi.
Uy va biznes uchun foydali yana bir yechim – mol-mulkning nazorati va xavfsizligini ta’minlovchi qulay va ishonchli videokuzatuv tizimlari.
UZTELECOM davr bilan hamnafaslikda yuqori sifat, hammaboplik va innovatsiyalarni uyg‘unlashtirib, o‘zining O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmog‘i yetakchisi maqomini dadil isbotlamoqda.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ