O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida sertifikatlar berish tartib-taomillari soddalashtirilmoqda
Bitimga ko‘ra, sertifikat berishda qog‘oz hujjatlar almashinuvi to‘xtatiladi
O‘zbekiston va Belarus respublikalari o‘rtasida sertifikatlar berish tartib-taomillari soddalashtirilmoqda. Bu haqida Savdo Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lum qildi.
Ikki mamlakatda o‘zaro sertifikat berishda qog‘oz hujjatlar almashinuvi to‘xtatiladi. Bundan tashqari, bojxona organlari tomonidan sertifikatlarni tekshirishda shaffoflik ta’minlanadi.
Ushbu vazifalar fevral oyida imzolangan Mahsulotlarni elektron sertifikatlashtirish tizimlarini o‘zaro asosda joriy etish to‘g‘risidagi Bitimda mustahkamlangan. Har ikki davlat tomonidan qabul qilinganidan buyon Bitimni amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha bojxona organlari, sertifikatlashtirish organlarida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Shuningdek, bu jarayonni yanada jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 18-dekabrdagi PQ-448-sonli qarori bilan belgilangan edi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ