«UzAuto-Inzi»dagi davlat ulushining 50% sotuvga qo’yildi
Alyuminiy buyumlar ishlab chiqarish zavodi 113 mlrd so'mga baholanmoqda

Фото: UzAuto-Inzi
«UzAuto-Inzi» biznes assotsiatsiyasining ustav kapitalidagi davlat ulushining 50% E-auksion platformasida onlayn-auksionga qo’yildi.
Lotning boshlang’ich narxi 113,5 mlrd so’mni tashkil etadi. Investorlarning arizalari 9 avgust kuni 9:00 gacha qabul qilinadi va auksion natijalari o’sha kuni soat 10:00 da e’lon qilinadi.
Joriy yilning 3 iyul holatiga ko’ra, aksiyalarning 50% davlat aktivlarini boshqarish agentligiga, qolgan yarmi Janubiy Koreyaning «INZI Display Co, Ltd» kompaniyasiga tegishli.
O’tgan yili kompaniya 3,1 millrd so’m sof foyda ko’rdi, bu 2022 yilda olingan 13,8 mlrd so’mdan kam demakdir
Oldinroq Kapital.uz «Poytaxt bank»dagi davlat ulushini BAAning «Bond Investment Limited LLC» kompaniyasi tomonidan $10 mlnga sotib olinadi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ