Uzbekistan Airways va “O‘zavtosanoat” rahbarlari vakolati uzaytirildi
Ulug‘bek Ro‘ziqulov va Shuxrat Xudayqulov yana uch yilga boshqaruv lavozimida qoladi
Yagona korporativ axborot portaliga ko‘ra, Uzbekistan Airways va “O‘zavtosanoat” kompaniyalari rahbarlarining vakolatlari uzaytirildi.
Mart oyi oxirida Ro‘ziqulov Ulug‘bek Ubaydullayevich “O‘zavtosanoat” boshqaruvi raisi lavozimiga yana uch yil muddatga tayinlandi. Shuningdek, boshqaruv raisi o‘rinbosarlari Davron Xidoyatov, Bahodirjon Rahmonov, Diyor Muhamedov va Farhod Turayevning vakolatlari bir yilga uzaytirildi.
Ulug‘bek Ro‘ziqulov mazkur lavozimni 2023-yil 24-martdan buyon egallab kelmoqda. U avval ham 2007–2008-yillarda ushbu kompaniyaga rahbarlik qilgan.
Aprel oyi boshida Uzbekistan Airways aksiyadorlarining navbatdan tashqari yig‘ilishida Xudayqulov Shuxrat Shavkatovich kompaniya boshqaruvi raisi etib yana uch yil muddatga saylandi. U milliy aviakompaniyani 2023-yil mart oyidan buyon boshqarib kelmoqda.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ