O‘zbekistonda uy-joy qurilishida avtoturargohlarni majburiy tashkil etish rejalashtirilmoqda

Sentabr oyigacha tegishli hujjat ishlab chiqilishi kutilmoqda

O‘zbekistonda uy-joy qurilishida avtoturargohlarni majburiy tashkil etish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda turar-joy qurilishi uchun yangi standartlar joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda 2025-yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi

Sentyabr oyigacha ko‘p qavatli uylarni loyihalash, qurish va foydalanishga topshirishda yer osti avtoturargohlarini majburiy tashkil etishni nazarda tutuvchi hujjat ishlab chiqilishi rejalashtirilgan. Prezident farmoni loyihasida yer usti avtoturargohlari ham tilga olingan.

Shuningdek, oqova, yomg‘ir va texnik suvdan foydalanish imkonini beruvchi sug‘orish tizimlarini joriy etish taklif qilinmoqda. Sanitariya uskunalarining suv iste’moli 3−6 litr bilan cheklanishi va suv sarfini kamaytirish uchun aeratorli aralash qurilmalar o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, binolarni bazalt materiallari bilan issiqlik izolatsiya qilish va uylarga tutun gazini aniqlovchi signalizatorlar o‘rnatish rejalashtirilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Sanoat zonalari direksiyalariga “sanoat ipotekasi” asosida ijaraga yer berish huquqi berildi
/
Sanoat zonalari direksiyalariga “sanoat ipotekasi” asosida ijaraga yer berish huquqi berildi
Endilikda kredit miqdori daromadning 8 baravaridan oshmasligi belgilandi
/
Endilikda kredit miqdori daromadning 8 baravaridan oshmasligi belgilandi
O‘zbekistonda noyabr oyida avtomobil savdosi 6% ga oshdi
/
O‘zbekistonda noyabr oyida avtomobil savdosi 6% ga oshdi