Toshkentda uy-joylarning investitsiyalar daromadliligi 12,2%gacha pasaydi

Bu ko’rsatkich yil boshida 32,4%ni tashkil etgan

Toshkentda uy-joylarning investitsiyalar daromadliligi 12,2%gacha pasaydi

Oktyabr oyida Toshkentda ko’p qavatli uy-joylarning investitsion daromadliligi 12,2%ga pasaygan. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahlilida xabar berdi.

Unga ko’ra tahlil olx.uz platformasidan olingan ma’lumotlar asosan, ijara narxi uchun 740 ming va sotuv narxi uchun 1,500 mingga yaqin ma’lumotlardan foydalanilgan.

Investitsion daromadlilik joriy yilning fevral oyidagi o’rtacha 32,4%dan oktyabrda 12,2%ga tushgan.

Uylar joylashgan hudud va ularning xonalari sonidan kelib chiqib ko’rsatkichlar o’zgarib boradi. Jumladan, Mirzo Ulug‘bek tumanida 1 xonali uy-joylarning investitsion daromadliligi — 2,3%ni (fevralda 25,7% bo‘lgan), Shayxontohur tumanida esa — 17%ni (50%) tashkil etgan.

Shuningdek, 2 xonali uy-joylar uchun Sergelida — 7,4% (19,4%), Shayxontohurda — 17,2% (59%), 3 xonali uylar uchun Bektemirda — 3,2% (33,7%), Yunusobodda — 13,7% (48,7%) hamda 4 xonali uylar uchun Bektemirda — 2% (37,9%), Yunusobodda — 17%gacha (39,8%) pasaygan.

Uy-joy narxlari o‘zgarishidan olinadigan daromad

Shu yilning fevralida poytaxtda uy-joy va ijara narxlari nisbatan yuqori bo‘lgan Shayxontohur tumanida uy-joy narxlari ko‘tarilishi hisobiga ko‘rilishi mumkin bo‘lgan foyda o‘rtacha 35,8%ni tashkil etgan bo‘lsa, oktabr oyida bu 5,5%gacha tushgan.

Oktyabrda narxlar o‘zgarishidan olinadigan o‘rtacha daromad Mirobod (23,2%dan 1,9%ga) va Yakkasaroy (16,1%dan 3,5%ga) tumanlarida sezilarli darajada pastlagan.

Mirzo Ulug‘bek va Uchtepa tumanlarida uy-joy narxlari o‘zgarishidan olinadigan o‘rtacha daromadlilik mos ravishda — 2,6% (fevral oyida — 24,6%) va — 2,4%ni (15%) tashkil etgan. Bunga ushbu hududlarda uy-joy narxlarining o‘sishdan deyarli to‘xtashi yoki biroz arzonlashishi sabab bo‘lgan.

Uy-joylarni ijaraga berishdan olinadigan daromad

Oktyabrda uy-joylar ijarasidan olinadigan yillik o‘rtacha daromad Shayxontohurda — 10% (fevralda — 11,6%), Mirobodda — 9,8% (10,4%), Yakkasaroyda — 9,5%ni (10,5%) tashkil etgan. 

Bu narxlar nisbatan arzonroq bo‘lgan tumanlar Sergelida — 9,3% (8,4%), Uchtepada — 9,7% (8,6%), Chilonzorda — 9,3% (9,3%) va Olmazorda — 9,1%ni (9,4%) kuzatilgan. Taqqoslash uchun 2023-yil yanvaridan 2024-yil sentabrigacha jismoniy shaxslarning milliy valyutadagi depozitlari bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi — 21%ni tashkil etgan.

Daromadlilik darajasi bo‘yicha 1 va 2 xonali xonadonlarning yo‘naltirilgan investitsiyalar daromadliligi mos ravishda 35,6% va 30,8%ni tashkil etgan bo‘lsa, oktyabr oyida ushbu ko‘rsatkichlar 16,7% va 12,2%ga tushdi. Mazkur davrda 3 va 4 xonali xonadonlar uchun daromadlilik ko‘rsatkichi sezilarli darajada tushgan.

Bundan oldin, oktyabr oyida oltita viloyatda uy-joylar bo’yicha bitimlar hajmi kamaygani haqida xabar berilgandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Xorijdagi o’zbekistonliklarga Vatandosh ID kartasi joriy etiladi
/
Xorijdagi o’zbekistonliklarga Vatandosh ID kartasi joriy etiladi
YTTB “TBC Uzbekistan”ga $10 mlngacha kredit ajratadi
/
YTTB “TBC Uzbekistan”ga $10 mlngacha kredit ajratadi
“Flyadeal” aviakompaniyasi 21-noyabrdan Jidda — Toshkent — Jidda yo’nalishida qatnovlarni boshladi
/
“Flyadeal” aviakompaniyasi 21-noyabrdan Jidda — Toshkent — Jidda yo’nalishida qatnovlarni boshladi