Toshkentda ikkilamchi uy-joy bozori 0,6%gacha sekinlashdi

Bir oy davomida butun mamlakatda ikkilamchi uy-joy narxlari 0,9% ga o‘sdi

Toshkentda ikkilamchi uy-joy bozori 0,6%gacha sekinlashdi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) sharhiga ko‘ra, 2026-yil yanvar oyida ko‘chmas mulk bozorida narxlar dinamikasi mo‘’tadil saqlanib qoldi. Oy davomida respublika bo‘yicha 28,6 mingta uy-joy oldi-sotdi shartnomasi tuzilib, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan +12%ni tashkil etdi.

Hududlar kesimida savdolar ijobiy o‘sishni ko‘rsatdi. Bozorning qariyb uchdan bir qismi Toshkent shahriga to‘g‘ri kelib, poytaxtda bitimlar soni +33,4%ga oshdi. Samarqand viloyatida +26%, Sirdaryoda esa +24% o‘sish qayd etildi.

Ikkilamchi bozorda narxlar

Yanvarda respublika bo‘yicha ikkilamchi uy-joy bozorida 1 kv.m narxining oylik o‘sishi +0,9%ni tashkil etdi (dekabrda +0,8%). Yillik hisobda narxlar +8%ga oshdi.

Hududlar kesimida oylik o‘sish sur’atlari Andijonda +4,6%, Surxondaryoda +6,6%, Sirdaryoda +5,9% va Xorazmda +7,6%gacha tezlashdi. Yillik hisobda eng yuqori o‘sish Surxondaryo, Sirdaryo, Xorazm hamda Qoraqalpog‘istonda kuzatilib, respublika o‘rtacha darajasidan 2–3 baravar yuqori bo‘ldi.

Toshkent shahrida uy-joy bozori

Poytaxtda ikkilamchi bozorda 1 kv.m uchun o‘rtacha narx qariyb $1120ni tashkil etdi. Oylik o‘sish +0,6%gacha sekinlashgan bo‘lsa, yillik o‘sish qariyb +2%ni tashkil etdi. Eng yuqori o‘sish Yakkasaroy (+5,7%) va Mirobod (+4,3%) tumanlarida qayd etildi.

Birlamchi bozorda narxlar nisbatan tezroq o‘sib, yangi qurilgan uy-joylarda 1 kv.m qiymati yillik hisobda +9%dan ortdi. Eng katta o‘sish Mirobod (+18,4%) va Mirzo Ulug‘bek (+17,3%) tumanlarida kuzatildi.

Ijara bozori

Yanvarda Toshkentda uy-joy ijarasi narxlari yillik hisobda +9%ga oshib, o‘rtacha $8,8/kv.m atrofida shakllandi. Eng yuqori ijara narxlari Mirobod ($11,1), Shayxontohur ($10,9), Yakkasaroy ($10,3) va Mirzo Ulug‘bek ($9,7) tumanlarida qayd etildi.

Shuningdek, Olmazor, Yunusobod, Yashnobod, Chilonzor va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida ijara narxlarining yillik o‘sishi qariyb +13%ga yetib, sezilarli tezlashgani ta’kidlandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilda muomaladagi banknotalar soni 2 445,7 mln donaga yetdi
/
2025-yilda muomaladagi banknotalar soni 2 445,7 mln donaga yetdi
2026-yilda O‘zbekistonda $50 mlrd xorijiy investitsiya jalb qilish rejalashtirilmoqda
/
2026-yilda O‘zbekistonda $50 mlrd xorijiy investitsiya jalb qilish rejalashtirilmoqda
Yangi Chevrolet Damas Max va Damas Move modellari savdosi boshlandi
/
Yangi Chevrolet Damas Max va Damas Move modellari savdosi boshlandi