Germaniyada Alisher Usmonov yashagan villa sotuvga qo‘yildi

Uni boshlang‘ich narxi $26 mlnni tashkil qiladi

Germaniyada Alisher Usmonov yashagan villa sotuvga qo‘yildi

Germaniyadarossiyalik milliarder Alisher Usmonov uzoq vaqt istiqomat qilgan villa sotuvga qo‘yildi. Bu haqda Münchner Merkur nashri ma’lum qilmoqda.

Sotuvning sababi sifatida Tegernsee (IOM) Limited ofshor kompaniyasining qarzi keltirilgan. Villaning boshlang‘ich narxi 25 mln yevroni tashkil etib, bu uni 1996-yildan buyon Germaniyada ko‘chmas mulk savdosi bo‘yicha ma’lumotlarni to‘plab kelayotgan Immowelt platformasida taqdim etilgan eng qimmatbaho ko‘chmas mulk hisoblanadi. 

Villa boshqaruvi 2011-yildan buyon Tegernsee (IOM) Limited kompaniyasiga tegishli bo‘lib, bu kompaniya Man orolida ro‘yxatga olingan. Yashash davrida Usmonov uni firmadan haftasiga 77 ming yevroga ijaraga olgan, ammo Yevropa Ittifoqining Rossiya-Ukraina mojarosi bilan bog‘liq sanksiyalari joriy etilgandan so‘ng milliarder uyni tark etgan.

Villa sud qarori asosida arbitraj boshqaruvchisi Ulrix Kramer tomonidan sotuvga qo‘yilgan. U kompaniyaning moliyaviy muammolari sababi sifatida asosan ko‘chmas mulkdan iborat aktivlarni ko‘rsatdi, bu aktivlar qarzlarni yopish uchun ishlatilmaydi. 735 kvadrat metr maydonga ega villa 4700 kvadrat metr yer uchastkasida joylashgan bo‘lib, unda ikki yuqori qavatda yuvinish xonalari bilan to‘rtta yotoqxona, shuningdek, 750 kvadrat metr maydonda spa-zona va 20 metrlik hovuz mavjud.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yangi Buxoro aeroporti tenderining birinchi bosqichi yakunlandi
/
Yangi Buxoro aeroporti tenderining birinchi bosqichi yakunlandi
Chirchiq daryosi bo‘ylab 1,4 trln so‘mlik “Daryo bo‘yi Business City” loyihasi amalga oshiriladi
/
Chirchiq daryosi bo‘ylab 1,4 trln so‘mlik “Daryo bo‘yi Business City” loyihasi amalga oshiriladi
Davr Bank aksiyadorlari bankning 51% ulushini Ozarbayjon davlat bankiga sotishni ma’qulladi
/
Davr Bank aksiyadorlari bankning 51% ulushini Ozarbayjon davlat bankiga sotishni ma’qulladi