Reuters: Yevropa Ittifoqi Usmonovning singlisidan sanksiyalarni olib tashladi

Shuningdek, ikki kishi sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarildi

Reuters: Yevropa Ittifoqi Usmonovning singlisidan sanksiyalarni olib tashladi

Yevropa Ittifoqi tadbirkor Alisher Usmonovning singlisi Gulbahor Ismoilovani, shuningdek, tadbirkor Vyacheslav Kantor va Rossiya sport vaziri Mixail Degtyarevni sanksiyalar ro‘yxatidan chiqardi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Avvalroq Vengriya bir qator Rossiya fuqarolari, jumladan, milliarder Mixail Fridmandan sanksiyalarni olib tashlash tarafdori bo‘lgan, biroq Yevropa Ittifoqi davlatlari faqat uch kishiga nisbatan cheklovlarni bekor qilishga rozi bo‘lgan.

Vengriya bilan murosa Yevropa Ittifoqiga Rossiyaning boshqa fuqarolari va kompaniyalariga qarshi sanksiyalarni yana olti oyga uzaytirish imkonini berdi. Qaror 14-mart kuni YeI elchilarining Bryusseldagi uchrashuvida qabul qilingan.

Yevropa Ittifoqidan bu borada hozircha rasmiy bayonot berilmadi.

Gulbahor Ismoilovaga nisbatan cheklovlar 2022-yil aprelidan beri amal qilib kelayotgandi.

Avvalroq Yevropa sudi USM xoldingi asoschisi Alisher Usmonovning singlisi Gulbahor Ismoilovani sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risidagi so‘rovni rad etgandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston $53 mlrd xorijiy investitsiya jalb etishni rejalashtirmoqda
/
O‘zbekiston $53 mlrd xorijiy investitsiya jalb etishni rejalashtirmoqda
2025-yilda ipoteka kreditlari hajmi 21,2 trln so‘mga yetdi
/
2025-yilda ipoteka kreditlari hajmi 21,2 trln so‘mga yetdi
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi
/
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi