Urganch aeroportidan yana to‘rtta shaharga reyslar joriy qilinishi mumkin
Shuningdek, turistik mavsumda Istanbuldan kunlik qatnovni yo‘lga qo‘yiladi

Uzbekistan Airways
Shavkat Mirziyoyev 2-maydagi yig‘ilishda Urganchga xalqaro to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni qo‘yish kerakligini ta’kidladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, Urganchga Rossiya, Turkiya, Italiya, Ispaniya va Fransiyadan aviaqatnovlar qo‘yilgani natija bergan. Lekin, reys yo‘qligi uchun Germaniya, Xitoy, arab davlatlaridan minglab turist yo‘qotilayapti.
Mutasaddilarga Frankfurt, Urumchi, Pekin, Abu Dabidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reys qo‘yish taklifini kiritish, turistik mavsumda Istanbuldan kunlik qatnovni yo‘lga qo‘yish topshirildi.
Urganch aeroporti Koreyaning Inchxon aeroportiga xususiy sheriklikka berilmoqda. Ushbu aeroport milliy me’morchilik an’analariga mos holda rekonstruksiya qilinadi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ