“Toshkent” fond birjasi “Universal Sug’urta” aksiyalari savdolarini to’xtatdi

Qaror so'nggi bir necha kun ichida bitimlar narxining keskin oshishi tufayli qabul qilindi

“Toshkent” fond birjasi “Universal Sug’urta” aksiyalari savdolarini to’xtatdi

“Toshkent” respublika fond birjasi “Universal Sug’urta” sug’urta kompaniyasi aksiyalari savdosi to’xtashini e’lon qildi

Ushbu qaror so’nggi bir necha kun ichida bitimlar narxlarining keskin o’sishi tufayli qabul qilindi. Qimmatli qog’ozlar listing bo’lmagan joyda sotilgan.

Masalan, 12 avgust kuni 211 so’mdan 255 so’mgacha bo’lgan narxlarda 1,21 mln so’mlik 14 ta bitim, 15 avgust kuni esa 11,4 mln so’mlik 29 ta bitim amalga oshirildi, shu bilan birga narxlar 500 so’mga yetdi.

“Universal Sug’urta” aktsiyalari savdosi aprel oyi boshida ILMA kompaniyaning sug’urta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalarini bekor qilganidan keyin ham davom etgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
/
2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
/
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi
/
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi