“HUMO” Hindiston bilan umumiy to‘lov tarmog‘ini yaratishni rejalashtirmoqda

Shuningdek, tomonlar tajriba almashish masalalarini ham ko’rib chiqdi

“HUMO” Hindiston bilan umumiy to‘lov tarmog‘ini yaratishni rejalashtirmoqda

Joriy yilning 29-oktyabr kuni Toshkentda MBPM va Hindiston Milliy to‘lov korporatsiyasining sho‘ba korxonasi NPCI International vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Unda tomonlar to‘lov bozoridagi dolzarb tendensiyalarni muhokama qilish bilan birga umumiy to‘lov tarmog‘ini yaratish bo‘yicha muhim kelishuvga erishdilar.

Shuningdek, tajriba almashish, har ikki bozor uchun texnologik yechimlar va yangi mahsulotlarni ishlab chiqish haqida hamda hamkorlikni chuqurlashtirish, har ikki tizim strategiyalarini samarali amalga oshirish istiqbollariga toʻxtalib oʻtildi.

Ma’lumot uchun, NPCI International kompaniyasi real vaqt rejimida uzluksiz to‘lovlarni ta’minlaydigan, moliyaviy inklyuzivlik va hamma uchun ochiqlikni ta’minlaydigan “UPI” va “RuPay” kabi ilg‘or yechimlari bilan mashhur.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda $5 mingdan ortiq aktivga ega investorlar xorijiy aksiyalarni sotib olishi mumkin bo‘ladi
/
O‘zbekistonda $5 mingdan ortiq aktivga ega investorlar xorijiy aksiyalarni sotib olishi mumkin bo‘ladi
Microsoft servislarida global uzilish yuz berdi
/
Microsoft servislarida global uzilish yuz berdi
O‘zbekistonning 2025-yildagi YIM hajmi qayta hisob-kitoblardan so‘ng $169 mlrdga yetdi
/
O‘zbekistonning 2025-yildagi YIM hajmi qayta hisob-kitoblardan so‘ng $169 mlrdga yetdi