Ukraina O‘zbekistonning uchta kompaniyasiga nisbatan sanksiya kiritdi

Shuningdek, hukumat Rossiya va O‘zbekiston fuqarosi ekanligi ta’kidlanayotgan Rustam Mo‘minovga ham sanksiya joriy qildi

Ukraina O‘zbekistonning uchta kompaniyasiga nisbatan sanksiya kiritdi

Ukraina O‘zbekistonga tegishli uchta yuridik va bitta jismoniy shaxsga nisbatan sanksiyalar joriy etdi. Prezident Vladimir Zelenskiy 9-may sanasida tegishli farmonlarga imzo chekdi.

RBC nashrining yozishicha, farmon bilan sanksiyalar ro‘yxatiga Rossiyaning 67 ta, Xitoy, Eron, Belarus va O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan 7 ta kompaniya, shuningdek, Rossiyaning 58 nafar fuqarosi kiritilgan.

Sanksiyalarga harbiy-sanoat majmuasiga aloqador metallurgiya, mashinasozlik, kimyo va samolyotsozlik sohalaridagi korxonalar, shuningdek, Rossiya harbiy-sanoat kompleksi bilan hamkorlik qiluvchi bir qancha konstruktorlik byurolari ham tushgan.

Ular orasida O‘zbekistonning uchta kompaniyasi: Mercury Renaissance, uning sho‘ba korxonasi bo‘lgan Farg‘ona Kimyo Zavodi hamda Raw Materials Cellulose mavjud.

Mercury Renaissance va uning sho‘ba korxonasi Farg‘ona Kimyo Zavodi Muminov Rustam Rahimjonovichga (60%) hamda Tojiyev Shahriyor Saxiyorovichga (40%) tegishli. Raw Materials Cellulose kompaniyasining ta’sischilari sifatida Utkina Larisa Mixaylovna (76%) va Bikova Larisa Raximjonova (24%) ro‘yxatga olingan.

Raw Materials Cellulose kompaniyasining asosiy ta’sischisi Larisa Utkina Rustam Mo‘minov bilan hamkorlikda biznes yuritmoqda. Jumladan, har ikkala shaxs Aloqa Klimkontrol va Excellent Trans Services kompaniyalarida ulushlar egasidir.

Shuningdek, Ukraina prezidenti bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston va Rossiya fuqaroligiga ega ekanligi ta’kidlanayotgan Rustam Mo‘minovga nisbatan shaxsiy sanksiyalar joriy etdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Crypto Magnat” ga kripto-do‘kon faoliyati uchun litsenziya berildi
/
“Crypto Magnat” ga kripto-do‘kon faoliyati uchun litsenziya berildi
OTB O‘zbekistonda $3,6 mlrdlik loyihalar amalga oshiradi
/
OTB O‘zbekistonda $3,6 mlrdlik loyihalar amalga oshiradi
O‘zbekiston va Eron $1 mlrd miqdoridagi investitsiya loyihalarini imzoladi
/
O‘zbekiston va Eron $1 mlrd miqdoridagi investitsiya loyihalarini imzoladi