Uchtepa tumanida 9 qavatli binoning bir qismi sotuvga qo‘yildi

Lotning boshlang‘ich bahosi 31 mlrd so‘mdan ortiqqa baholanmoqda

Uchtepa tumanida 9 qavatli binoning bir qismi sotuvga qo‘yildi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Uchtepa tumanidagi 9 qavatli binoning bir qismini sotuvga qo‘ydi, deb xabar bermoqda E-auksion.

Obyekt Lutfiy va Shirin ko‘chalari burchagida, Farhod bozori yaqinida joylashgan. Avvalroq bu yerda tuman Ijtimoiy ta’minot bo‘limi va Moliya boshqarmasi joylashgan bo‘lsa, hozir binoning bir qismini Mudofaa ishlari bo‘limi egallagan.

Uchastka maydoni 0,27 gektar, xonalarning umumiy maydoni 3519 kvadrat metrni tashkil etadi. Barcha kommunikatsiyalar — gaz, suv, kanalizatsiya va elektr energiyasi bor. Binoda zargarlik buyumlari ishlab chiqarish klasterini tashkil etish taklif etilmoqda.

Lotning boshlang‘ich bahosi — 31,45 mlrd so‘m. Auksion 17-aprel kuni soat 10:00 da boshlanadi, arizalar soat 9:00 gacha qabul qilinadi.

 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Monetex” kripto-do‘kon faoliyati uchun litsenziya oldi
/
“Monetex” kripto-do‘kon faoliyati uchun litsenziya oldi
Xorazmda Urganch va Xiva o‘rtasida yangi trolleybuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
/
Xorazmda Urganch va Xiva o‘rtasida yangi trolleybuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonda kino ishlab chiqarishga ajratiladigan budjet 218 mlrd so‘mga yetdi
/
O‘zbekistonda kino ishlab chiqarishga ajratiladigan budjet 218 mlrd so‘mga yetdi