O‘zbekistonda uchta avtokorxonadagi ulushlarni xususiylashtirish boshlandi

Davaktiv agentligi “Uzsungwoo”, “Avto Climate Control” va “Uz truck and Bus Motors” kompaniyalaridagi ulushlarni sotmoqda

O‘zbekistonda uchta avtokorxonadagi ulushlarni xususiylashtirish boshlandi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Uzsungwoo” ustav kapitalidagi 50%, “Avto Climate Control” MCHJdagi 100% va “Uz truck and Bus Motors” MCHJdagi 34,2% davlat ulushini sotish bo‘yicha ochiq savdo jarayoni boshlanganini e’lon qildi.

Xususiylashtirish bo‘yicha maslahatchi “Portfolio Investments” kompaniyasi hisoblanadi. Sotish jarayoni barcha manfaatdor tomonlar uchun ochiq bo‘lgan muzokaralarga ommaviy taklif qilish usuli asosida amalga oshiriladi.

Savdolar har bir aktiv bo‘yicha alohida ikki bosqichda o‘tkaziladi: qiziqish bildirish (Expression of Interest, EoI) va majburiy takliflarni taqdim etish (Binding Offers, BO). Yakuniy bosqichda talabgorlar taklif etilayotgan narx summasining kamida 1% miqdorida kafolat to‘lovini to‘lashlari kerak.

Savdoda qatnashish uchun qiziqish bildirish arizasini (Expression of Interest, EoI) yuborish lozim. 

Ariza quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak: 

  • ishtirokchi haqida qisqacha ma’lumot (STIR, faoliyat turi);
  • ustav kapitalidagi 5% dan ortiq ulush egalari (mulk ulushi ko‘rsatilgan holda);
  • yakuniy benefitsiarlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
  • so‘nggi uch yillik moliyaviy hisobot.

Arizalar har bir aktiv bo‘yicha alohida munir.yakubov@piamg.uz elektron manziliga 2025-yil 15-aprel soat 23:59 gacha (Toshkent vaqti bilan) topshirilishi lozim.

Ushbu bosqichda “Portfolio Investments” maslahatchisi potensial investorlarni jalb etish maqsadida investitsiya tizerlarini tarqatmoqda.

2011-yilda “O‘zavtosanoat” hamda Janubiy Koreyaning “Sungwoo Hitech Co Ltd.” va “I-Zone Co Ltd.” kompaniyalari hamkorligida tashkil etilgan “Uzsungwoo” korxonasi shtamplash va payvandlash texnologiyalaridan foydalangan holda avtomobillar uchun metall qismlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Hozirgi kunda kompaniya Chevrolet Cobalt, Gentra, Tracker va Onix rusumli avtomobillar uchun ehtiyot qismlarni yetkazib bermoqda.

“Uz truck and Bus Motors” 2009-yilda tashkil etilgan bo‘lib, “MAN” va “HOWO” (Sinotruk) brendlari ostida yuk mashinalari va yo‘lovchi texnikasini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Model qatori 60 dan ortiq turdagi texnikani o‘z ichiga oladi: tyagachlar, samosvallar, furgonlar, maxsus texnikalar, shuningdek, shahar va shaharlararo avtobuslar. Ustav fondi 32,8 mln yevroni tashkil etadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Pul o‘tkazmalari O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining 14% ni tashkil etdi
/
Pul o‘tkazmalari O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining 14% ni tashkil etdi
“Afrosiyob” qo‘shimcha poyezd qatnovini yo‘lga qo‘yadi
/
“Afrosiyob” qo‘shimcha poyezd qatnovini yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekistonda ikki kunlik o‘sishdan so’ng dollar kursi pasayib ketdi
/
O‘zbekistonda ikki kunlik o‘sishdan so’ng dollar kursi pasayib ketdi