“Turkish Airlines” samolyot to‘liq to‘xtamasdan o‘rnidan turganlarni jarimaga tortadi

Bortkuzatuvchilarning ko‘rsatmalarini e’tiborsiz qoldirish ham jarimga sabab bo‘lishi belgilandi

“Turkish Airlines” samolyot to‘liq to‘xtamasdan o‘rnidan turganlarni jarimaga tortadi

“Turkish Airlines” aviakompaniyasi samolyot qo‘nganidan keyin o‘zini tutish qoidalarini buzgan yo‘lovchilarni jarimaga tortishni boshlaydi. Turkiya fuqaro aviatsiyasi bosh boshqarmasi yangi qoidalarni tasdiqladi.

Endilikda samolyot to‘liq to‘xtaguncha va “Belbog‘ni o‘tkazing” tablosi o‘chirilmaguncha o‘rnidan turgan yoki tepadagi yuklarini oladigan har bir kishi jarimaga tortiladi. Bortkuzatuvchilarning ko‘rsatmalarini e’tiborsiz qoldirish ham jarimga sabab bo‘ladi.

Jarimalar miqdori hozircha e’lon qilinmagan, ammo aviakompaniya qonun bo‘yicha qat’iy harakat qilishga va’da bermoqda. Styuardlarga qo‘nishdan keyin qo‘shimcha e’lon berish topshirilgan. Ular yo‘lovchilarga qoidalarni eslatadi va qoidabuzarlarni qayd etadi. Aviakompaniya vakillari mazkur choralar xavfsizlik uchun ko‘rilayotganini aytmoqda.

Samolyotni boshqarish paytida keskin harakatlar, shuningdek, erta ochilgan javonlar tufayli yuklarning tushib ketishi bir necha bor jarohatlarga olib kelgan. Biz bu xatarlarni minimallashtirish niyatidamiz, — deyiladi kompaniya xabarida.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Hyundai Rotem” poyezdlarida birinchi qatnov 2026-yilning mart oyida yo‘lga qo‘yiladi
/
“Hyundai Rotem” poyezdlarida birinchi qatnov 2026-yilning mart oyida yo‘lga qo‘yiladi
Markaziy bankning mamlakatdagi vazifalari kengaytirildi
/
Markaziy bankning mamlakatdagi vazifalari kengaytirildi
O‘zbekiston Markaziy banki raisi AFI direktorlar kengashi raisining o‘rinbosari etib saylandi
/
O‘zbekiston Markaziy banki raisi AFI direktorlar kengashi raisining o‘rinbosari etib saylandi