Turkiyaning “IC İçtaş İnşaat” kompaniyasi O‘zbekistonda Samarqand-Buxoro tezyurar pullik avtomobil yo‘lini quradi
15-yanvar kuni tomonlar o‘rtasida Anglashuv Memorandumi imzolangan
Turkiyaning “IC İçtaş İnşaat” kompaniyasi Samarqand, Buxoro va Navoiy viloyatlaridan o‘tuvchi yangi Samarqand-Buxoro tezyurar pullik avtomobil yo‘lini qurish maqsadida Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi bilan Anglashuv Memorandumi imzolandi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Joriy yilning 15-yanvar kuni Bosh vaziri o‘rinbosari — Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov va Turkiyaning “IC İçtaş İnşaat” kompaniyasi boshqaruv kengashi a’zosi Rexa Denemech bilan o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda kompaniyaning “IC İçtaş İnşaat” qurilish biznesini rivojlantirish bo‘yicha bosh direktori Yegemen Ilkin hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Ilhomjon Umrzakov, Transport vaziri o‘rinbosari Ilhomjon Abdugafarov, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi Jamshid Tursunov va boshqa mas’ul vakillar ishtirok etgan.
Tomonlar transport infratuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik dasturlari, jumladan, avtomobil yo‘llari, ko‘priklar va aeroportlar qurish yuzasidan turk kompaniyasining tajribasini muhokama qildi. Muzokaralar yakunida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish va samarali faoliyat olib borishga kelishildi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ